Yevropa Rossiyaga ikki tomonlama zarba bermoqchi. Buning javobi qanday bo‘ladi?

© Sputnik / Vladimir AstapkovichFlag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve.
Flag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi o‘zi fahmlamagan holda Ukraina sirtmog‘ini o‘z bo‘yniga solmoqda. Buning oqibatida ozod va mustaqil Yevropa qolmaydi, u tez orada AQShning to‘liq vassaliga aylanadi.
Anglo-sakslar - AQSh va Buyuk Britaniyaning Ukrainadagi urushni iloji boricha uzoq davom etishini istashi ajablanarli emas: ular avvaldan Rossiyaga uchun “ikkinchi Afg‘oniston” uyushtiridan manfaatdor edi.
Ikkinchidan ular Ukrainani G‘arb zanjiridan tortib olishimizga imkon qadar ko‘proq to‘sqinlik qilish yoki bu uchun katta tovon to‘lashga majbur qilmoqchi. Bu yo‘lda ular ikkinchi muammoni ham hal qilmoqda – geosiyosiy jihatdan (harbiy va iqtisodiy choralar, jumladan, Amerika gazini yetkazib berish orqali)
Uchinchidan AQSh Yevropaga o‘z ta’sirini oshirib, "eski dunyoni" yanada qaram ahvolga solib qo‘ymoqchi. Ushbu vaziyatda Yevropa afsonaviy rus tahdidining emas, balki o‘ziga anglo-sakson o‘yinlarining qurboniga aylanmoqda.
Ushbu oddiy ko‘zbo‘yamachilikni Xitoydan tortib arab dunyosigacha barcha tushunsa-da, Yevropa Ittifoqining o‘zida hech bo‘lmaganda shubha paydo bo‘lishi kerak.
Ya’ni, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi jangovar harakatlarni tezroq tugatishdan ko‘proq manfaatdor bo‘lishi kerak - anglo-sakslarni Yevropa Ittifoqiga energiya yetkazib berishga bo‘lgan axborot hujumlarini kuchaytirish va shu bilan Atlantika tasmasidagi keskinlikni yumshatish uchun.
Eng ajablanarlisi shundaki, Yevropa yetakchilari borgan sari uning o‘ziga qanday oqibatlar keltirishini tushunmagan holda jangovar harakatlarni cho‘zishga pul tikishmoqda.
Ertaga Kiyevga YeI yetakchilari – Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel keladi. Ukrainani Rossiya bilan urushda qo‘llab-quvvatlash uchun keladi, faqat ma’naviy emas, balki moddiy, ya’ni qurol-yarog‘ yetkazib berish bilan orqali ham. Garchi Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojarodan qochishga harakat qilayotganini bildirsada, ular Ukraina mag‘lub bo‘lishini istamasliklarini va shuning uchun Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmini oshirishlarini hamon ta’kidlab kelayotirlar. Ammo bu qurol bilan ta’minlashlardan ko‘zlangan asl maqsad nima? Brussel Rossiya operatsiyani to‘xtatishiga ishonadimi? Ukrainaning g‘alabasiga umid qilishaptimi? Shtatlar va Buyuk Britaniya jangovar harakatlar uzoq davom etishidan manfaatdor - ammo Yevropa Ittifoqichi? Ular bu bilan nimaga erishmoqchi?
Jozep Borrell chorshanba kuni Yevroparlamentga YeI mojaro natijasiga befarq emasligini va shuning uchun inqirozni iloji boricha tezroq, lekin imkon qadar qabul qilib bo‘ladigan "narxda” hal qilishga intilayotganini tushuntirdi:
“Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish mojaroni tezroq tugatishning eng yaxshi yo‘li bo‘ladi, degan fikrlar bildirildi, ammo jangovar harakatlar tugagach, oqibati qanday bo‘ladi? Agar oqibatida hammasi vayron va mag‘lub bo‘lgan, millionlab qochqinlar va minglab qurbonlari bo‘lgan mamlakat qolsa, biz bunday natijani istamaymiz. Shuning uchun biz Ukrainani qurollantirishda davom ettirishimiz kerak. Kamroq qarsak chalib, ko‘proq yordam berishimiz lozim. Ukrainaliklar bizdan yangi qurol-yarog‘larni kutishapti va biz bu ishni qilyapmiz. <. ..> Biz boshqa mamlakatlar jalb qilinayotgan eskalatsiyaga tushmasdan Ukrainani qurollantirishni davom ettirishimiz kerak. Bunday mojarolarda g‘alaba dushmanning harbiy va iqtisodiy zaiflashuvi bilan qozoniladi”.
Ya’ni, Yevropa Ittifoqi, o‘zini ochiqchasiga mojaro ishtirokchisi deb atamoqda, chunki u boshidan Rossiyaga qarshi keng qamrovli iqtisodiy urush e’lon qilgan, endi esa Ukrainaga qurol yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi. Shunda ham Borrell “biz muvozanatning qiyin vaziyatiga tushib qoldik”, deydi:
“Biz Ukrainaga yordam berishni xohlaymiz, lekin urushga aralashmoqchi emasmiz. Yevropa Ittifoqi harbiy ittifoq emas, ammo men Ukrainaga yordam berishimiz kerak deb o‘ylayman. Biz qizil chiziqlarni kesib o‘tmasdan, ziddiyatni kengaytirmasdan qo‘limizdan kelganini qilyapmiz”.
Tabiiyki, Yevropa Ittifoqi ham, Rossiya ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvni istamaydi, chunki bu Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘ladi, ya’ni yadro quroliga ega bo‘lgan raqiblar to‘qnashuvi. Ammo YeI Ukrainani qurollantirishni uyat deb hisoblamayapti – bu axir shunchaki qurol bo‘lsa, arzimagan narsa.
Shunisi aniq-ki, Yevropa qancha qurol bilan ta’minlamasin, Rossiya harbiy operatsiyasini to‘xtata olmaydi. Birinchidan, yevropaliklar Ukraina armiyasi joylashgan, asosiy janglar ketayotgan hududga, ya’ni Donbassga og‘ir texnika va samolyotlar yetkazib berish imkoniga ega emas. Ikkinchidan, ta’minot nomenklaturasining o‘zi yetarlicha cheklangan - masalan, bundesver omborlari cheksiz emas, shuning uchun bu yerda so‘z Ukraina uchun maxsus qurol sotib olish haqida ketmoqda.
Garchi harbiy harakatlar jarayonini sindirish mumkin bo‘lmasada, Yevropa ta’minoti Ukrainaning qarshiligini uzaytirishi bilan armiyaga qiyinchiliklarni ko‘paytirishi mumkin. G‘arbning Ukraina Qurolli kuchlariga ko‘rsatayotgan yordamini yo‘q qilish uchun Rossiya ko‘proq kuch va mablag‘ sarflashi kerak bo‘ladi, va Moskva yarim yo‘lda to‘xtab qolmaydi. Ya’ni, Rossiyaning maqsadi aniq - lekin YeIning maqsadlari savollar tug‘dirmoqda.
Borrelning aytishicha, “Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga kuch pozitsiyasidan kirishini ta’minlash kerak”. Ya’ni, biz kuchli armiyani saqlab qolgan holda, mojaroni hal qilamiz. Ya’ni Yevropa Ittifoqi Rossiyani hamon Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infrastrukturalarini yo‘q qilish) qilishdan voz kechishga majbur qilish mumkinligiga ishonadimi? Hayratlanarli kaltabinlik.
Agar yevropaliklar bunga ishonmasalar, qurol-yarog‘ bilan ta’minlash orqali ular anglo-sakslar bilan bir xil maqsadni ko‘zlaydi: jangovar harakatlarni iloji boricha uzoq muddatga cho‘zish. Ammo shunda yevropaliklar uchun asosiy savolga qaytishimiz kerak. Yevropaga sharqiy chegaralarida uzoq davom etadigan urush nimaga kerak o‘zi?

Yevropaga urush kerakmi

Yevropa uchun urush foydalimi? - Yo‘q.
Urush Yevropani kuchliroq qiladimi? - Yo‘q, aksinchi har tomonlama zaiflashtiradi.
Urush uning tashqi kuchlarga qaramligini oshiradimi? - Ha, albatta, va bu tashqi kuchlar kimligini hamma biladi.
Ukrainadagi janglar qanchalik uzoq davom etsa, Yevropa Ittifoqi shunchalik ko‘proq NATOning vassaliga aylanadi. Ya’ni, Atlantika loyihasi kontinental Yevropa loyihasida to‘liq hukmronlik qiladi va Germaniya va Fransiyaning yagona Yevropa qurish ambitsiyalari tarix chiqindixonasiga tashlanishi mumkin.
Qanday bo‘lmasin, Rossiya Ukrainani o‘zi tomon buradi - yo‘qotmaydi, bu bilan dunyoda o‘z mavqeyini oshiradi. Yevropa nafaqat Ukrainani o‘z ta’sir doirasida saqlab qolmaydi, balki o‘z kelajagini anglo-sakson ambitsiyalari uchun qurbon qiladi. Qolaversa, bu qurbonlik allaqachon yevropaliklarni o‘z malayi deb hisoblagan anglo-sakslar tomonidan qadrlanmaydi. Bundan tashqari, bu qurbonlik anglo-sakslarga ularining qulayotgan global loyihasini saqlab qolishga ham yordam bermaydi.
Ya’ni, Yevropa birinchi navbatda Ukrainani rivojlantirish rejalari (va ular hammada ham bor emasdi), Rossiya bilan barcha munosabatlar, keyinchalik hozirgi turmush darajasi, iqtisodiy mustaqillik va geosiyosiy ambitsiyalarini – hammasini yo‘qotadi. Va keyin strategik avtonomiyani orzu ham qila olmaydi. Bu hali boshlanishi, qizig‘i – oldinda. Axir, yevro allaqachon obro‘sizlangan (Rossiya aktivlari muzlatilganidan keyin), Xitoy bilan aloqalar esa anglo-sakslar tomonidan asta-sekin yo‘q qilinadi (Borrel Xitoy bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan sammit “karlar bilan muloqot” bo‘lganini tan oldi va “biz hech nimani kelishib olmadik” dedi). Yevropa Ittifoqining dunyodagi mavqeyidan nima qoladi?
Umuman Yevropa Ittifoqining o‘ziga nima bo‘ladi - Rossiya bilan doimiy qarama-qarshilik va Xitoy bilan sovuq urush sharoitida uni kim mustahkamlaydi? Bundan tashqari, iqtisodiy inqiroz va Yevropaning asosiy iqtisodiyoti eksport salohiyatining pasayishi sharoitida anglo-saksonning Yevropa energetika sektori sirtmog‘idan kim asraydi?
Aslidja Yevropa Ittifoqi zudlik bilan javob berishi kerak bo‘lgan savollar mana shular. U Ukrainadagi urushni uzaytirishga pul tikib, Rossiyaga zarar yetkazaman deb xayol surishi va bu bilan o‘z bo‘yniga sirtmoq osayotganini hozircha sezmayapti.
Yangiliklar lentasi
0