Jizzaxda futbol akademiyasi tashkil etiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishFutbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii
Futbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Akademiyada o‘qish muddati 7-yil. Uning umumiy kontingenti 168 nafar o‘quvchidan iborat bo‘ladi
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. 2022/2023-o‘quv yilidan Jizzaxda futbol akademiyasi o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 159-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu akademiya "So‘g‘diyona" va "So‘g‘diyona Vumen" professional futbol klublari huzurida tashkil etilmoqda.
Akademiya nodavlat sport-ta’lim tashkiloti hisoblanib, unda qobiliyatli yosh futbolchilar tanlab olinadi va futbol bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Akademiyaning asosiy vazifalari:
Yosh istiqbolli sportchilarni tanlab olish va tarbiyalash masalalari bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari, futbol mahorat maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga o‘quv-uslubiy va meyoriy-axborot yordami ko‘rsatishni ta’minlash;
-Zarur sport anjonlari va uskunalari bilan jihozlangan o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish hamda futbol bo‘yicha resupublika va xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishga qodir bo‘lgan sportchilarni tayyorlashda ushbu bazalardan samarali foydalanish;
Akademiya bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish;
O‘quvchi-futbolchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun Yevropa futbol jamoalari, futbol maktablari, akademiyalari va klublari bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish;
O‘quv jarayoni unga eng yaqin masofada joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Akademiyaning umumiy kontingenti 168 nafar o‘quvchidan iborat bo‘ladi. Har yili tanlov asosida 24 nafar qobiliyatli futbolchilar qabul qilinadi.
Akademiyada o‘qish muddati 7-yil. O‘qishni yakunlanganlarga tegishli sertifikat beriladi. Ularga olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida keyingi maxsus, kasb-hunar ta’limi berilishi ta’minlanadi.
Akademiya Jizzax shahri, “Qipchoq” mahallasi Darobo‘yi ko‘chasi 25- uyda joylashadi.
Yangiliklar lentasi
0