https://oz.sputniknews-uz.com/20220407/moskva-mashhur-brendlar-bilan-qanday-xayrlashmoqda-23845019.html
Moskva mashhur brendlar bilan qanday xayrlashmoqda
Moskva mashhur brendlar bilan qanday xayrlashmoqda
Hech kim yigʻlab, qaygʻurgani yoʻq, aksincha, ketayapsanmi “yaxshi bor” aniqrogʻi - "toʻrt tomoning qibla" deyishmoqda. 07.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-07T21:44+0500
2022-04-07T21:44+0500
2022-04-07T21:44+0500
rossiya
moskva
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/07/23844930_0:113:1200:788_1920x0_80_0_0_e12e06f92884560c3010d3e8e92904ef.png
TOSHKENT, 7 apr – Sputnik. Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Gʻarbining deyarli barcha yirik kompaniyalari siyosiy bosim ostida Rossiyani tark etishni boshladi. Mak Donalds, Ikea, British Petrolium, Shanel va yana yuzdan ortiq taniqli brendlar va kompaniyalar Rossiyada oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatishini bildirishdi. Xoʻsh rossiyaliklar bunga qanday munosabat bildirishmoqda?Hech kim yigʻlab, qaygʻurgani yoʻq. Aksincha, ketayapsanmi – “yaxshi bor” aniqrogʻi "toʻrt tomoning qibla" deyishmoqda. Shu oʻrinda xonanda Timati bir vaqtlar Fillip Kirkorovga nisbatan aytilgan hazilomuz “Davay dosvidaniya” qoʻshigʻi juda oʻrinli foydalanilmoqda.Moskva markazidagi eng mashhur koʻchalardan biri Arbat sayilgoh koʻchasida joylashgan Lui Vutton brendi magazini oldidagi ulkan jomadonda “Davay do svidaniya” yozuvi paydo boʻldi. Moskvaliklarga bu maʼqul kelgan shekilli, koʻpchillik uning oldida turib suratga tushmoqda. Ularning kayfiyati chogʻ ekani koʻrinib turibdi.Aytish joizki soʻnggi vaqtlarda Rossiyada "Davay do svidaniya" soʻzlari oʻziga xos fleshmobga aylandi. Hatto mashhurlar orasida ham brendlar bilan xayrlashish aktsiyasi boʻlib oʻtmoqda. “Hech qanday buyum vatanga muhabbatning oʻrnini bosa olmaydi”, degan shior bilan qimmatbaho brend sumkalarni qaychi bilan qiymalab tashashganini koʻrish mumkin.Bir oy oldin Moskvada juda ommabop boʻlgan MakDonalds restoranlari yopilganida ham ularning peshtoqida “Davay dosvidaniya” yozuvlari paydo boʻlgan edi.Eslatib oʻtamiz, Ukraina hududida maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng AQSH va Gʻarb davlatlari Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanktsiyalar kiritshni boshladi. Birinchi navbatda, Ular Rossiya Markaziy bankining xorijda saqlanayotgan dollar va yevroda zahiralarini muzlatib qoʻyishdi. Shundan soʻng barcha Gʻarb korxonalari, brendlariga Rossiyani tark etish va Rossiya bilan ishlash taʼqiqlandi.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/07/23844930_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_1cd762d202bc0d642430187fd11e0700.pngSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
moskva
Moskva mashhur brendlar bilan qanday xayrlashmoqda
Hech kim yigʻlab, qaygʻurgani yoʻq, aksincha, ketayapsanmi “yaxshi bor” aniqrogʻi - "toʻrt tomoning qibla" deyishmoqda.
TOSHKENT, 7 apr – Sputnik. Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Gʻarbining deyarli barcha yirik kompaniyalari siyosiy bosim ostida Rossiyani tark etishni boshladi.
Mak Donalds, Ikea, British Petrolium, Shanel va yana yuzdan ortiq taniqli brendlar va kompaniyalar Rossiyada oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatishini bildirishdi.
Xoʻsh rossiyaliklar bunga qanday munosabat bildirishmoqda?
Hech kim yigʻlab, qaygʻurgani yoʻq. Aksincha, ketayapsanmi – “yaxshi bor” aniqrogʻi "toʻrt tomoning qibla" deyishmoqda.
Shu oʻrinda xonanda Timati bir vaqtlar Fillip Kirkorovga nisbatan aytilgan hazilomuz “Davay dosvidaniya” qoʻshigʻi juda oʻrinli foydalanilmoqda.
Moskva markazidagi eng mashhur koʻchalardan biri Arbat sayilgoh koʻchasida joylashgan Lui Vutton brendi magazini oldidagi ulkan jomadonda “Davay do svidaniya” yozuvi
paydo boʻldi. Moskvaliklarga bu maʼqul kelgan shekilli, koʻpchillik uning oldida turib suratga tushmoqda. Ularning kayfiyati chogʻ ekani koʻrinib turibdi.
Aytish joizki soʻnggi vaqtlarda Rossiyada "Davay do svidaniya" soʻzlari oʻziga xos fleshmobga aylandi. Hatto mashhurlar orasida ham brendlar bilan xayrlashish aktsiyasi boʻlib oʻtmoqda. “Hech qanday buyum vatanga muhabbatning oʻrnini bosa olmaydi”, degan shior bilan qimmatbaho brend sumkalarni qaychi bilan qiymalab tashashganini koʻrish mumkin.
Bir oy oldin Moskvada juda ommabop boʻlgan MakDonalds restoranlari yopilganida ham ularning peshtoqida “Davay dosvidaniya” yozuvlari paydo boʻlgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Ukraina hududida maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng AQSH va Gʻarb davlatlari Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanktsiyalar kiritshni boshladi.
Birinchi navbatda, Ular Rossiya Markaziy bankining xorijda saqlanayotgan dollar va yevroda zahiralarini muzlatib qoʻyishdi. Shundan soʻng barcha Gʻarb korxonalari, brendlariga Rossiyani tark etish va Rossiya bilan ishlash taʼqiqlandi.