Jamiyat

Olimpiya gʻoliblari ishtirokida “Yurt faxri” koʻrgazmalari oʻtkaziladi

© Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatiTokio Olimpiadasi gʻolib va sovrindorlari
Tokio Olimpiadasi gʻolib va sovrindorlari  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tokio Olimpiadasi gʻolib va sovrindorlari hayoti va faoliyatini keng targʻib qilishga qaratilgan “Yurt faxri” nomli koʻrgazmalar tashkil etiladi.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil Tokioda oʻtgan olimpiadalar gʻolib va sovrindorlari hayoti va faoliyatini keng targʻib qilishga qaratilgan “Yurt faxri” nomli koʻrgazmalar tashkil etiladi.
Koʻrgazma har yili iyul-avgustda sovrindorlar yashaydigan mahallalarda va noyabr-oktyabrda ular oʻqigan taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.
Koʻrgazma davomida sportchilarning hayoti va faoliyati haqida video va fotosuratlar ekspozitsiyalari va koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi, sportchilar ishtirokida “mahorat saboqlari” tashkillashtiriladi.
Koʻrgazmani oʻtkazishga Sportni rivojlantirish vazirligi masʼul hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0