Qashqadaryoda 46-yildan buyon ishlamay turgan gaz qudug‘i qayta ishga tushdi

© Press-slujba AO "Uzbekneftegaz"Skvajina mestorojdeniya "Severniy Shadi"
Skvajina mestorojdeniya Severniy Shadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
"Shimoliy Shodi" konidagi quduqda kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gazkondensati qazib chiqarilishiga erishildi
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Qashqadaryoda 46-yildan buyon ishlamay turgan "Shimoliy Shodi" konidagi 9-sonli quduq qayta ta’mirlanib, ishga tushirildi. Bu xaqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ mutaxassislari ushbu quduqning 2530-2568 metr intervallar oralig‘i perforatsiya qilishgan.
Ta’kidlanishicha, quduqni o‘zlashtirish natijasida kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gazkondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma’lumot uchun, "Shimoliy Shodi" gaz kondensat koni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida joylashgan bo‘lib, quduq 1976-yildan buyon konservatsiya quduqlar majmuasida bo‘lgan.
“Doyaxotin” konida yangi gaz qudug‘i ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0