Hodisalar

Samarqanddagi mashina-traktor parkida yongʻin yuz berdi – video

© Press-slujba FSB po Samarkandskoy oblastiPojar v MTP Akdarinskogo rayona
Pojar v MTP Akdarinskogo rayona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yongʻin natijasida mashina-traktor parkining tokarlik tsexining 150 kvadrat metr maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgohlari yonib zararlangan.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida joylashgan mashina-traktor parkida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 7 aprel kuni soat 05:56 da tumandagi "Navroʻz" MFY Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan "Agro Servis" mashina-traktor parkida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisidagi xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 06:00 da yetib borgan va yongʻin soat 06:50 da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida mashina-traktor parkining tokarlik tsexining 150 kvadrat metr maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgohlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0