Iqtisod

Sanktsiyalar Rossiya-Turkiya biznesi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishZasedaniye mejpravitelstvennoy rossiysko-turetskoy komissii po torgovo-ekonomicheskomu sotrudnichestvu
Zasedaniye mejpravitelstvennoy rossiysko-turetskoy komissii po torgovo-ekonomicheskomu sotrudnichestvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH va Yevropa davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanktsiyalardan soʻng rus-turk savdosi hajmi oshib bormoqda, oʻzaro savdoda milliy valyutaga oʻtish rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 7 apr – Sputnik. Sanktsiyalar Rossiya Turkiya biznesi uchun yangi imkoniyatlar yaratdi, dedi – Turkiya-Rossiya Ishbilarmonlar kengashi raisi (DEIK) Izzet Ekmekchibashi (İzzet Ekmekçibaşı) Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.
“Yanvar oyida Turkiya Rossiyaga umumiy qiymati 5 mlrd. dollar boʻlgan mahsulotlar eksport qildi. Fevralda krizis tufayli eksport hajmi 4,4 mlrd.gacha kamaydi, lekin Turkiya hukumatining konstruktiv pozitsiyasi va Rossiyaga nisbatan ochiq va samimiy munosabati mart oyida oʻzaro savdoning 6 mlrd. dollargacha oʻsishiga olib keldi”, - deydi kengash raisi.
Ekmekchibashi aytishiga koʻra, soʻnggi vaqtlarda Turkiyada nizom kapitali 100% Rossiyaga tegishli boʻlgan 1000dan ortiq kompaniyalar ochilgan.
Bugungi kunda hamkorlikning eng dolzarb sohalaridan biri bu avtosanoat boʻlmoqda, keyin toʻqimachilik mahsulotlari, oziq-ovqatlar, qurilish materiallari. Soʻnggi vaqtlarda qurilish materiallariga talab keskin oshgan.
Ishbilarmonlar kengashi raisi aytishiga koʻra, kelajakda Rossiya va Turkiya oʻrtasida oʻzaro savdo milliy valyutalarda olib borish haqida muzokaralar boʻlmoqda. Buning uchun ikkala tomon Markaziy banklari oʻzaro ayirboshlashga ruxsat berilgan milliy valyuta miqdorini oshirishi kerak. Bu borada ikki davlat savdo va moliya vazirliklari bir oydan buyon muzokaralar olib bormoqda. Biz ushbu tashabbus ijobiy hal qilinishiga ishonamiz, deydi Ekmenchibashi.
Kengash raisi, shuningdek, Rossiya va Turkiya oʻrtasidagi savdoda logistika masalasi ham muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Ayni damda asosiy transport yoʻnalishi bu Turkis – Gruziya – Rossiya, lekin yaqin vaqt ichida dengiz orqali yuk tashish imkoniyati kengaytiriladi. Xususan yuklarni Turkiyaning Samsun portidan Novorossiysk portiga toʻgʻridan toʻgʻri yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu yoʻnalishga qiziqish katta, lekin bu yerda ikkita muammo bor: Qora dengizdagi minalar va sugʻurta masalasi. Agar ular hal qilinsa qatnovlar soni haftasiga 4-5 martaga yetishi mumkin. Hozircha haftasiga bir marotaba.
Yangiliklar lentasi
0