https://oz.sputniknews-uz.com/20220408/ekopatrul-nukusda-qoshma-reyd-tashkil-qildi-23851147.html
"Ekopatrul" Nukusda qoʻshma reyd tashkil qildi
"Ekopatrul" Nukusda qoʻshma reyd tashkil qildi
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni buzgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilmoqda 08.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-08T11:42+0500
2022-04-08T11:42+0500
2022-04-08T11:42+0500
jamiyat
oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
jarima
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/08/23851389_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_63cf1a45293f160f25bab6f681dd6def.jpg
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Nukus shahrida oʻtkazilgan reydlar natijasida qonunchilik talablarini buzgan shaxslarga nisbatan jami 2 430 000 soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi. Qoʻshma reydlar davom etmoqda. Bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasi xabar bermoqda. Ekopatrul tomonidan Nukus shahar dehqon bozori va "Korzinka" savdo majmuasi atrofida ekologik reyd tadbiri oʻtkazildi. Reyd Nukus shahar ekologiya boʻlimi inspektorlari, Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida tashkil qilindi.Xabarda aytilishicha, reyd davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan 9 nafar shaxsga nisbatan bayonnomalar tuzildi.Inspektorlar tomonidan ayrim shaxslarga qatʼiy ogohlantirishlar ham berilgan. Aytilishicha qoʻshma reydlarni oʻtkazish davom etmoqda.Maʼlumot oʻrnida, ekologik nazoratning asosiy vazifalariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish kiradi.Inspektorlar atrof muhit holatini kuzatib boradi. Muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlaydi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/08/23851389_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_5ba8947a495aa9e400991a5ebf75dc99.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, jarima
"Ekopatrul" Nukusda qoʻshma reyd tashkil qildi
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni buzgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilmoqda
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Nukus shahrida oʻtkazilgan reydlar natijasida qonunchilik talablarini buzgan shaxslarga nisbatan jami 2 430 000 soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi. Qoʻshma reydlar davom etmoqda. Bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasi
xabar bermoqda.
Ekopatrul tomonidan Nukus shahar dehqon bozori va "Korzinka" savdo majmuasi atrofida ekologik reyd tadbiri oʻtkazildi. Reyd Nukus shahar ekologiya boʻlimi inspektorlari, Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida tashkil qilindi.
Xabarda aytilishicha, reyd davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan 9 nafar shaxsga nisbatan bayonnomalar tuzildi.
“Shulardan 8 tasi chiqindilarni belgilanmagan yerga joylashtirgan, 1 tasi esa atmosfera havosiga zarar yetkazgan. Ularga nisbatan OʻzR MJtK toʻgʻrisidagi kodeksining 91-modda 1-qismi va 88-modda 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, jami 2 430 000 soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi”.
Inspektorlar tomonidan ayrim shaxslarga qatʼiy ogohlantirishlar ham berilgan. Aytilishicha qoʻshma reydlarni oʻtkazish davom etmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, ekologik nazoratning asosiy
vazifalariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish kiradi.
Inspektorlar atrof muhit holatini kuzatib boradi. Muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlaydi.