Jamiyat

Koronavirusning eng yuqumli mutatsiyasi aniqlandi - JSST

Omikron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi mutatsiya dastlab Britaniyada aniqlandi. U omikronning subvarianti boʻlib, u oddiy omikronga nisbatan 10% tezroq tarqaladi.
TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tadqiqotchilari COVID-19ning eng yuqumli varianti aniqlanganini eʼlon qildi. Unga "XE" deb nom berildi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga asosan.
Yangi mutatsiya “omikron”ning subvarianti boʻlib uning genomida ushbu shtammning ham BA.1, ham BA.2 versiyalari belgilari mavjud. Olimlar hisob-kitoblariga koʻra, "XE" ilgari maʼlum boʻlgan mutatsiyalarga nisbatan 10 % tezroq tarqalmoqda.
Yangi mutatsiya ayni paytgacha u kamida toʻrt mamlakat — Buyuk Britaniya, Hindiston, Tailand va Yangi Zelandiyada qayd etildi.
Tadqiqotchilarning izohlashicha, virusning bunday variantlari “rekombinant” deb ataladi va ular bir organizm ichida ikki xil shtammning genetik kodlari tasodifan aralashuvidan paydo boʻladi.
Hozircha "XE" haqida yetarli tahlillar toʻplangani yoʻq. JSSTning maʼlum qilishicha, mazkur subvariant ilk bor yanvar oyi oʻrtalarida Buyuk Britaniyada aniqlangan. Oʻshandan beri mamlakatda uning 600ga yaqin namunalari ustida oʻrganishlar olib borilyapti.
Yangiliklar lentasi
0