https://sputniknews-uz.com/20220408/ozbekistonda-asfalt-orniga-tsement-beton-yollar-quriladi-23850299.html
Oʻzbekistonda asfalt oʻrniga tsement-beton yoʻllar quriladi
Oʻzbekistonda asfalt oʻrniga tsement-beton yoʻllar quriladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr tsement-beton qoplamali ichki yoʻllar barpo etish vazifasi qoʻyildi. 08.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-08T10:41+0500
2022-04-08T10:41+0500
2022-04-08T10:41+0500
jamiyat
yoʻllar
tsement
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/0a/18260922_0:366:2849:1969_1920x0_80_0_0_b39861f4c6a9bb10d1644ad9c4e43a30.jpg
TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda kelayotgan yillardan asfalt oʻrniga tsement beton yoʻllar qurishga oʻtiladi. Bu haqida prezident huzurida 7 aprel kuni boʻlib oʻtgan videoselektorda maʼlum boʻldi. Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning 25% ichki yoʻllar bilan bogʻliq muammolar haqida. Ushbu munosabat bilan ichki yoʻllar sifatini yaxshilash boʻyicha Andijon viloyatida yangi tajriba boshlangan.Eng asosiysi, ushbu klaster oʻzi qurgan yangi tsement-beton qoplamali yoʻllarni 10 yil davomida kafolatli saqlashni zimmasiga olgan.Ushbu tajriba asosida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr tsement-beton qoplamali ichki yoʻllar barpo etish vazifasi qoʻyildi.Hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yakuni bilan mahalliy tsement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar toʻliq qoplanadi.Undan tashqari 1 maydan boshlab yil yakuniga qadar, tsement-beton qoplamali yoʻl qurish texnikalari importi bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi.Bundan tashqari, joriy yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yoʻlaklari barpo etish rejalashtirilgan. Ularni ham tsement-betondan qurish, loyihalashda drenaj tizimiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/0a/18260922_8:0:2739:2048_1920x0_80_0_0_ea0798532f5fb8b3908bc22d910df09b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yoʻllar, tsement
Oʻzbekistonda asfalt oʻrniga tsement-beton yoʻllar quriladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr tsement-beton qoplamali ichki yoʻllar barpo etish vazifasi qoʻyildi.
TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda kelayotgan yillardan asfalt oʻrniga tsement beton yoʻllar qurishga oʻtiladi. Bu haqida prezident huzurida 7 aprel kuni boʻlib oʻtgan videoselektorda maʼlum boʻldi.
Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning 25% ichki yoʻllar bilan bogʻliq muammolar haqida. Ushbu munosabat bilan ichki yoʻllar sifatini yaxshilash boʻyicha Andijon viloyatida yangi tajriba boshlangan.
Xususan, tsement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan klaster tashkil etilib, 31 ta chekka mahalladagi 23 kilometr yoʻl tsement-beton qoplamaga oʻtkazilgan. Bunda asfalt qoplamalarga nisbatan 600 million soʻm iqtisod qilingan, 350 ming dollarlik bitum importi uchun mablagʻ tejalgan.
Eng asosiysi, ushbu klaster oʻzi qurgan yangi tsement-beton qoplamali yoʻllarni 10 yil davomida kafolatli saqlashni zimmasiga olgan.
Ushbu tajriba asosida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr tsement-beton qoplamali ichki yoʻllar barpo etish vazifasi qoʻyildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yakuni bilan mahalliy tsement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar toʻliq qoplanadi.
Undan tashqari 1 maydan boshlab yil yakuniga qadar, tsement-beton qoplamali yoʻl qurish texnikalari importi bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, joriy yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yoʻlaklari barpo etish rejalashtirilgan. Ularni ham tsement-betondan qurish, loyihalashda drenaj tizimiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.