Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 % qo‘shimcha pul beriladi

© Depositphotos.com / tuthelensDevushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2022
Obuna bo‘lish
AT “Xalq banki” tomonidan pensiya, nafaqalar va moddiy yordamni fuqarolarga naqd yetkazish xizmatlari uchun Pensiya jamg‘armasi va budjetdan 1 foiz bankka xizmat haqi to‘lab beriladi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–198-son, 07.04.2022 y.) qabul qilindi. Adliya vazirligi Huquqiy axborot kanali xabariga asosan.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-maydan:
“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga va jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga beriladigan to‘lovlar har oyning 5-sanasigacha moliyalashtiriladi hamda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi;
AT “Xalq banki” tomonidan pensiya, nafaqalar va moddiy yordamni fuqarolarga naqd yetkazish xizmatlari uchun Pensiya jamg‘armasi va budjetdan 1 foiz bankka xizmat haqi to‘lab beriladi;
pensiya, nafaqa, kompensatsiyalar va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi;
2022 yil 1-sentabrgacha harbiylashtirilgan pensiyalar tizimi avtomatlashtiriladi va pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi.
2022 yil 1-oktabrgacha xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelib olis hududlarga o‘rnatiladi.
2022 yil yakunigacha pensiya va nafaqa oluvchilar mablag‘larini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0