“Siyosiy rahbaringiz sizni aldayapti”: Gebbels uslubi G‘arbda hamon kerak

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishJenshina neset sobaku v Volnovaxe
Jenshina neset sobaku v Volnovaxe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb o‘z aholisiga "Rossiya fuqarolari Ukrainada aslida nima bo‘layotganidan bexabar", ularda internet va boshqa axborot manbaalarining barchasi cheklangan" deb uqtirmoqda. Bu natsist mafurasining otasi Gebbelsning "ko‘z boylash" uslubining o‘zi. Tarix qaytmoqdami?
So‘nggi paytlarda G‘arbda rus xalqiga ba’zida rus tilida be’mani iboralar ishlatib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish modasi paydo bo‘ldi. Ushbu an’anaga bir necha hafta oldin Arnold Shvarsenegger asos solgan va so‘nggi vaqtlarda Britaniya OAVlari va shaxsan Bosh vazir Boris Jonson tomonidan badiiy rivojlantirilgan edi. “Daily Mirror” gazetasi hatto birinchi sahifasida rus tilida “Siz bilishingiz shart” degan sarlavha bilan ham chiqdi. Bu Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning har kungi telemurojaatlarida ruslarga qilgan muntazam chaqiriqlarini hisobga olmaganda.
Otashin nutqlarning barcha mualliflari doimo bitta postulatdan kelib chiqadi: Rossiya aholisi “Ukrainadagi voqealar haqidagi haqiqatni” bilish imkoniyatidan mahrum. Mana, solishtirib ko‘ring:
-Arnold Shvarsenegger: “Bugun men sizlarga murojaat qilyapman, chunki dunyoda sizdan yashirilgan voqealar sodir bo‘lyapti”.
-Daily Mirror: “Aziz, rus do‘stim. Biz senga haqiqatni bilishingni istaganimiz uchun yozapmiz. Chunki Ukrainadagi urush haqiqatini bilishingni xohlaymiz... Lekin biz Rossiyada erkin matbuot yo‘qligi va Ukrainadagi urush haqida yolg‘on bilan boqishayotganini bilamiz”.
- Boris Jonson: “Ruslar haqiqatni bilishi shart. Sizlar haqiqatni bilishga munosibsiz”.
Ya’ni, ular Rossiya fuqarolari dunyo yangiliklaridan uzilib qolgan, va qadim zamonlardagidek, ularni hamon “xorijiy” ovozlarni lampali radiopriyemnik orqali eshitib o‘tiribdi deb o‘ylashadi shekilli.Ular xalqimiz va Rossiyadagi vaziyatni qanchalar yomon bilishadi! O‘zini rus odamlariga “olov”ning maxfiy sirlarini ochgan Prometey deb hisoblagan Jonson buni aniq tasdiqladi – ya’ni so‘zVPN atalmish sirli qisqartma haqida ketmoqda. Biz zamonaviy texnologiyaning bunday mo‘’jizasini qanday qilib Borisdan oldin taxmin qila olardik? Kerak bo‘lsa, xalqimiz bu boradagi bilimlarini inglizlarga o‘rgatishga tayyor.
To‘satdan “rus xalqini sevib qolgan” G‘arb tanqidchilariga eslatib o‘tmoqchimanki, Sovuq urush davrida bo‘lganidek, Rossiya “shovqin”larni o‘ylab chiqargan emas. “So‘z erkinligi” degan barcha ertaklariga va o‘z qonunlariga zid ravishda axborot makonini Rossiya OAVlaridan va hatto Rossiyaga hamdard bo‘lgan, “Kreml propagandasi” degan yorliq bilan lan’atlangan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan shafqatsiz tozalashni boshlagan G‘arbning o‘zi edi. Bizning choralarimiz shunchaki javobiy va simmetrik bo‘ldi.
Shvarsenegger va Ko chindan ham bizni Mariupol yoki boshqa shaharlardagi vayronagarchilik tasvirlarini ko‘rmagan deb o‘ylashadi. O‘zining “rus xalqiga bo‘lgan muhabbatini” izhor qilar ekan, Arnold ulug‘ og‘ir atletikachimiz Yuriy Vlasov bilan bo‘lgan uchrashuv haqidagi bolalik xotiralariga ishora qildi. Hozir Shvarseneggerdan so‘rangchi bolalikdagi kumiri tug‘ilgan Makeyevka shahrida sakkiz yil mobaynida nimalar bo‘lgani haqida biror narsa eshitganmi yoki yo‘qmi? Kaliforniyaning sobiq gubernatori hayratda qolsa kerak barini eshitib. Unga 2014-15 yillarda Ukraina qo‘shinlari bu shaharni qanday tekislaganining kadrlarini ko‘rsating va nega u o‘sha paytda buyuk Vlasovning ismini eslamaganini ham so‘rangchi - u yelka qisib qo‘yadi, bo‘ldi. Bolalar bog‘chalari, maktablar, kasalxonalar- Makeyevkadagi hamma narsa o‘qqa tutilgan. Ammo G‘arb aktorlari, siyosatchilari, yozuvchilari - hech kim Ukraina xalqiga va Ukraina Qurolli Kuchlari harbiylariga bunday murojaatlar qilmadi. Ular uchun bu qiziq emas edi.
Boris Jonsonning fikricha, rossiyalik tomoshabin yoki o‘quvchi Buchadagi voqealar haqida umuman hech narsa eshitmagan. Va VPN yoqib, Britaniya matbuotini o‘qishi bilanoq, darhol haqiqatni bilib qolar ekan. Qani u, qayerda, deb gumon qilmaydi, lekin bizning OAVlarda Kiyev yaqinidagi shaharchada sodir bo‘lgan voqealar birlamchi manbalarga, shu jumladan, birinchi navbatda, Ukraina manbalariga tayangan holda, kadrlar, daqiqalarga bo‘lib tahlil qilinadi. Men hech bir G‘arb nashrida bizdagidek bu dahshatli kadrlarning batafsil tahlilini ko‘rmaganman. Ehtimol, Bucha voqealari xronologiyasini chuqur tahlili “himoyasiz odamlarni qatl qilgan shafqatsiz ruslar” haqidagi afsonalarni rad etgani uchun ham ko‘rmagandirman.
Misol uchun, bizda hamma joyda Bucha merining 31-mart kuni shaharni “Rossiya orklaridan ozod qilingan”i haqida tantanali ravishda e’lon qilganini ko‘rsatishgan. Biz ushbu merning (Ukraina politsiyasi bo‘linmalari bilan birga) 1-aprel kuni shahar markazida bo‘lganini ko‘rsatdik. Yaqindagina shahar maqomini olgan kichik aholi punkti ko‘chalarida jasadlar uyumi qayerda ekanligiga qiziqib savol bermoqdamiz. Aynan bizning OAV lar 2-aprel kuni suratga olingan Ukraina Milliy politsiyasining Buchani tozalash haqidagi videosi qayta-qayta namoyish etmoqda. Va shu bilan birga, ular “ko‘k bog‘ichsiz” odamlarga o‘q uzishga ruxsat so‘ragan ukrainalik jangaridan iqtibos keltirmoqdalar. Ular negadir ushbu videoni tarmoqlardan tozalashga harakat qilishmoqda, ammo bizning OAVlarimiz ko‘rsatmoqda. Shvarsenegger va Jonson nima uchun bu faktlar G‘arb auditoriyasidan yashirilyapti, deb qiziqib ko‘rishni istamaydimi?
Yoki kimdir G‘arbda The New York Times nashri tarqatgan va go‘yoki ko‘chalardagi jasadlar kamida 19-martdan beri yotganini isbotlovchi Buchadan olingan “sensatsion” sputnik suratlari bizning jamoatchilikka ko‘rsatilmayapti deb o‘ylaydimi? Aynan G‘arb OAVlari itoatkorlik bilan, hech qanday tanqidiy tahlil qilmasdan, “Amerika xalqi dushmani”ning (Donald Tramp bu gazetani mehr bilan shunday atagan) izidan ergashdi. Bizning jurnalistlarimiz esa bu rasmlarni batafsil tahlil qilib, na ushbu gazeta sahifalarida, na boshqa G‘arb gazetalarida topa olmaydigan savollarni tashlashdi.
Misol uchun, G‘arbdagi ko‘plab tahlilchilarning hech biri jasadlar qanday qilib ikki haftadan ko‘proq issiq havoda saqlanib qolganiva parchalanmagan degan savolni ko‘tarmagan. Aynan bizda 19-martdan boshlab Kiyev va uning atrofidagi kunlik havo harorati sinchkovlik bilan tahlil qilindi va shu kunlarda u yerda 20 daraja issiq bo‘lganini aniqlandi.
Ammo so‘nggi kunlarda Buchani bosib olgan g‘arbiy jurnalistlar to‘dasi bu jasadlarni xotirjamlik bilan suratga olishmoqda va nega chirigan jasadning hidi urmasligi uchun respirator kerak ekanligini tushunishmayapti. Nega ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida u yerda rus bo‘linmalari bo‘lgan paytda shaharliklar, qo‘shnilar, qarindoshlar, o‘lganlarning tanishlari ularni sog‘inmagani, ularni ko‘chadan topmagani, yordam chaqirmagani, hatto shaharda ishlagan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilmagani haqida hech qanday savol bermagan. Bucha aholisining fojiasi haqidagi barcha haqiqatni ular emas, biz bilmoqchimiz.
Va endi Jonsondan so‘rab ko‘raylikchi: nima uchun rossiyalik foydalanuvchiga VPN kerak ekan? Bucha voqealari haqida Rossiya televideniyesida ular aytmaydigan va batafsil tahlil qilmaydigan qanday qo‘shimcha ma’lumotlarni bilishi mumkin ekan? Bu yerda britaniyalik tomoshabin o‘z OAVlarining rusofob propaganda va soxta ma’lumotlaridan bir lahzaga voz kechib, ruscha materiallar bilan tanishsa, o‘zi uchun ko‘p yangiliklarni kashf etgan bo‘lardi. Londonda ham, Vashingtonda ham buni juda yaxshi tushunishadi va shuning uchun Rossiyaniki bo‘lgan har qanday ma’lumotni faol ravishda tozalashmoqda.
Vaholanki bu har doim ish bermasa ham. Masalan, Niderlandiya matbuoti yaqinda o‘z parlamentida Zelenskiyning virtual nutqini boykot qilgan “Demokratiya uchun forum” partiyasi G‘arbni Bucha voqealaridan so‘ng Ukrainadagi mojaroni alangalatishda ayblashda davom etayotganidan afsusda. Financial Times esa Osiyo va Afrikadagi eng jiddiy muammoga ishora qilgan: nima emish, Twitter@IStandWithPutin (“Men Putin bilanman”) xeshtegi akkauntlarini qanday taqiqlagan bo‘lmasin, u yerdagi tomoshabinlar baribir “Rossiya tashviqotiga” ishonishar va hammasi uchun G‘arbni ayblashmoqda. Aftidan, inglizlar yoki amerikaliklardan ko‘ra ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lgan odamlar o‘zlarining ehtiyotkorlik bilan senzura qilingan ijtimoiy tarmoqlari bilan nima uchun Rossiya OAVlariga ishonishadi, degan savol tug‘iladi. Balki ular haqiqat ortida kim turganini anglab yetgandir? Ammo xulosa aniq: haqiqat uchun eng yomoni – OAVlar uchun senzurani yanada kuchaytirish va Rossiya haqida ko‘proq yolg‘on tarqatish kerak.
Britaniyaning Daily Mirror nashrining rus tilidagi murojaati bunga eng yorqin misoldir, chunki u Gebbels targ‘ibotining eng yomon an’analari bo‘yicha tuzilgan. Bundan sakson yil muqaddam Qizil Armiya xandaqlari tinimsiz “Siyosiy rahbaringiz sizni aldayapti. Nemis asirligida sizni azoblashmaydi, o‘ldirishmaydi, aksinchayaxshi munosabatda bo‘lishadi!” degan varaqalar bilan bombardimon qilinardi.
Mana, Mirror uyalmasdan, vijdoni qiynalmasdan deyapti: “Prezidentingiz Ukraina Rossiya uchun xavf, unatsistlar bilan to‘la, deb yolg‘on gapirapti”.
Va o‘sha gazeta “Rus askarlari tomonidan zo‘rlangan va tanasi svastika bilan azoblangan ayol” degan eng dahshatli feykni e’lon qildi. Yolg‘on shu darajada bezbet, chunki maqolada Azov jangarilari bazasiga aylantirilgan Mariupoldagi 18-sonli maktabning yerto‘lasidan topilgan ayol jasadi surati keltirilgan. Rasm uzoq vaqtdan beri barcha rus OAVlarida e’lon qilindi va katta rezonansga sabab bo‘ldi. Bu vahshiylik bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi 28-mart kuni ish ochdi va Mirror bir hafta o‘tgach, “voqea qayerda sodir bo‘lgani va suratga olinganini aniqlay olmagani”haqida yozdi. Lekin ko‘rapsizmi,gazeta qizni rus harbiylari zo‘rlab o‘ldirishgan deb biladi. Agar u “Azov” fashistlarining qurboni bo‘lganligi keltirilsa “Siyosiy rahbaringiz Ukraina natsistlar bilan to‘la deb sizni aldayapti” degan jumla darhol o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Ayting-chi, shunda Mirror usullari Gebbels usullaridan nimasi bilan farq qiladi?!
Endi esa Jonson o‘zi uchun savolga javob bersin: VPN orqali Britaniya saytlariga kirish qiynoqqa solingan ayolning dahshatli surati qayerda va qachon olinganini biladigan (Rossiya OAVlariga rahmat!) xabardor o‘quvchi fikrini qanday o‘zgartira oladi? Negadir bu suratni Rossiya auditoriyasidan emas, balki britaniyaliklardan bir hafta davomida yashirishgan. Agar London yoki Edinburg odami Jonson hukumati tomonidan bloklangan bizning telekanallarimizga kirish imkoniga ega bo‘lsa, u o‘z sariq gazetalarining bu ibtidoiy soxtalarini emas, balki Ukraina va Donbassdagi voqealar haqida to‘g‘ri ma’lumotolgan bo‘lar edi. Ammoaynan shuning uchun “Prometey” Jonson VPN nima ekanligini ularga emas, bizga tushuntirmoqchi.
Yangiliklar lentasi
0