Jamiyat

Yetim bolalarni imkon qadar munosib oilalarga berish kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda oʻndan ortiq bolalar uylari va mehribonlik uylari ehtiyoj qolmagani sababli yopilgan.
TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. Yetim bolalarni imkon qadar munosib oilalarga farzandlikka berish choralarni koʻrish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toshkent shahridagi 102-zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida.

– Bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani xalqimizning yuksak maʼnaviyati, iymon-insofini koʻrsatib turibdi. Lekin, mamlakatimizda umuman yetimlar boʻlmasa, qanday yaxshi boʻlar edi. Shuning uchun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berish choralarini koʻrish lozim, – dedi prezident.

Yigʻilishda qayd etilishicha, ota-ona qaramogʻidan mahrum koʻplab bolalar oilalarga qaytayotgani, 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani sababli yopilgan.
Shuningdek, majlisda prezident barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvolini yana bir bor chuqur oʻrganib, zarur qurilish va taʼmirlash ishlarini qamrab olgan holda 2022-2024 yillarga moʻljallangan hukumat qarori loyihasini tayyorlashni vazifa qilib qoʻydi.
Xususan, 12 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uyida qoʻshimcha bino, 7 tasida yotoqxona, oshxona, tibbiyot boʻlimi, sport zali qurish, 21 tasida binolar va isitish-sovutish tizimini taʼmirlash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, 6 ta “Mehribonlik uyi”, imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan 11 ta maktab-internat taʼmirga muhtoj ekanligi aytib oʻtildi.
Shu bilan birga, “Zamin” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bolalar raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlangani va 11 ta ixtisoslashgan maktab-internat yordamchi tovush-nutq vositalari bilan jihozlangani hamda nogironligi boʻlgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari, 1 ming 100 nafar shaxs pultli aravachalar bilan taʼminlangi qayd etildi.
Yigʻilishda viloyat hokimlari soʻzga chiqib, oʻz hududlaridagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvoli haqida maʼlumot berishdi. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalar direktorlari ham oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0