Siyosat

Oʻzbekistonda Qirgʻizistonning yangi elchisi tayinladi

© Sputnik / Aleksey NichukinFlag na posolstve Kыrgыzstana
Flag na posolstve Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonda yangi elchi tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. Prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekistonda Qirgʻizistonning Favqulodda va muxtor elchisi etib Musa Jamanboyevni tayinladi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar qilmoqda.
Musa Jamanboyev 43 yoshda, 2000 yilda Bishkek gumanitar universitetining sharqshunoslik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlab, Tashqi ishlar vazirligi tizimi, parlament, hukumat va Prezident apparatlarida turli lavozimlarda ishlagan. 2021 yil may oyidan buyon davlat rahbarining protokol xizmatini boshqarib kelayotgan edi.
Musa Jamanboyev 2018-2022 yillarda Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini boshqargan Ibrohim Junusov oʻrnini egallaydi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0