Rossiyada banklarga naqd valyuta sotishga ruxsat berildi

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2022
Obuna bo‘lish
Moskva valyuta birjasida dollar narxi kuzdan buyon eng past qiymatga tushdi. Bugun dollar – 71 rubl, yevro – 77,08 rubldan sotilmoqda.
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Rossiya Markaziy banki 18-apreldan boshlab xususiy shaxslarga naqd valyutani sotishga ruxsat berdi, lekin faqat 9-apreldan so‘ng bank kassalariga kirgan valyutani, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Banklar 2022-yil 18-apreldan 9-sentabrgacha fuqarolarga naqd valyuta sotish huquqiga ega bo‘ladi, faqat 2022-yil 9-apreldan boshlab bank kassalariga kirgan valyutani”, — deyiladi regulyator materiallarida.
Shuningdek, 2022-yil 9-martga qadar xorijiy valyutada ochilgan hisob raqamlari yoki omonatlariga ega bo‘lgan fuqarolar o‘z hisobvaraqlaridan 11-apreldan boshlab naqd valyuta yechib olishlari mumkin bo‘ladi. Yechib olishning umumiy limiti – o‘n ming dollar yoki ularning yevrodagi ekvivalenti – saqlanib qoladi. Ushbu limit 9-sentabrgacha amal qiladi, — deyilgan Markaziy bank xabarida.
Regulyator fuqarolar hali ham vaqtinchalik cheklovlar davomida valyuta hisobvaraqlaridan limitdan oshib ketgan mablag‘larni rublda yechib olishlari mumkinlinini eslatib qo‘ygan.
Konvertatsiya, agar kerak bo‘lsa, bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi, ammo chiqarilgan summa Rossiya Bankining chiqarilgan kundagi rasmiy kursidan foydalangan holda hisoblangan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumot uchun, Moskva valyuta birjasida bugungi savdolarda rublning dollarga nisbatan kursi kuzdan beri kuzatilgan minimal darajaga tushgan 1 dollar – 71 rublga, 1 yevro – 77,08 rubl.
Eslatib o‘tamiz, G‘arb sanksiyalari oqibatida valyuta kurslari keskin o‘zgarishi boshlagan vaqtida, Rossiya Markaziy banki 2022-yilning 8-martidan 9-sentabriga qadar fuqarolarning hisob raqamlaridan valyuta yechib olishga 10 ming dollar miqdorida cheklov kiritgan edi. Undan tashqari Rossiya banki valyuta ayirboshlash operatsiyalariga ham dastlab 30%, keyinroq 12% komissiya kiritgan edi. Ushbu cheklov valyuta bozorida olib-sotarlik operatsiyalarining oldini olishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0