Rossiya

YouTube oʻziga hukm imzoladi - Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Duma telekanali Rossiyada ishlayotgan boshqa platformalarda ham bor: RuTube, VKontakte va Telegramda.
TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. "YouTube oʻziga oʻzi hukm imzolagan koʻrinadi", dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Mariya Zaxarova.
Shundan soʻng TIV vakili rossiyalik foydalanuvchilarga oʻzlarining YouTubedagi kontentlarini boshqa platformalarga oʻtkazishni maslahat berdi va "tezroq" deb qoʻshimcha qildi.
Biroz oldin Google Rossiya Davlat Dumasiga tegishli boʻlgan “Duma TV”ning YouTube kanalini bloklagan edi. Videoxosting xizmati oʻzining ushbu qadamini hech qanday izohlamgan.
"Roskomnadzor" Google LLC kompaniyasidan darhol "Duma TV"ga blokirovkadan chiqarishni talab qildi. Shu bilan birga bloklash sababini ham eʼlon qilishni talab qilgan.
Senator Andrey Klishas parlament kanalining bloklanishini “soʻz erkinligining gʻarbiy versiyasi” deb atadi. U YouTube bunday qarorga kelganidan afsusda ekanligini bildirdi va bu xosting uchun Rossiyada qonun doirasidan chiqish yoʻlidagi “ishonchli qadam” ekanini taʼkidladi.
“Duma TV” YouTube kanali deputatlar sharhlari, mualliflik dasturlari va yalpi majlislarni efirga uzatdi. Hammasi boʻlib, blokirovka qilingan paytda YouTube kanali 145 000 obunachiga ega edi .
Duma telekanali Rossiyada ishlayotgan boshqa platformalarda ham bor: RuTube, VKontakte va Telegramda.
Eslatib oʻtamiz, YouTube fevral oyi oxiridan buyon Yevropa va boshqa davlatlarda Russia Today, Sputnikning va boshqa qator Rossiya ommaviy axborot vositalari kanallarini bloklab kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0