Iqtisod

Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonda koʻchmas mulk olishlari osonlashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
1 maydan chet el fuqarolariga yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obʼyektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi beriladi.
TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
2022 yil 1 maydan chet el fuqarolariga (davlatlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlashi lozim) Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi koʻchmas mulk obʼyektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi beriladi:
Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming dollar ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obʼyektlarida qiymati 180 ming dollar ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obʼyektlari;
boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming dollar ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obʼyektlarida qiymati 85 ming dollar ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obʼyektlari.
Bunda, mazkur koʻchmas mulk obʼyektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekistonda doimiy roʻyxatdan oʻtish va yashash guvohnomasini olish uchun asos boʻlmaydi.
Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan koʻchmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 400 ming dollardan 300 ming dollar ekvivalentigacha kamaytirildi.
Yangiliklar lentasi
0