Jamiyat

Hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProdavtsы kukuruzы na rыnke Chorsu
Prodavtsы kukuruzы na rыnke Chorsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Baʼzi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kunduzi oʻrtacha +20...+30 daraja boʻladi.
TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. "Oʻzgidromet" 11 aprel kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +26...+28 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +25...+30 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, Jizzax viloyatida baʼzi joylarda chang toʻzonlar bilan 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +24...+29 daraja boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda chang toʻzonlar bilan 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28..+33 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0