Jamiyat

Koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar 75 foizdan oshdi

© Sputnik / Gustavo Valyente / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya ot koronavirusa
Vaktsinatsiya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi vaktsinaning birinchi dozasini 19,9 milliondan ziyod kishi olgan.
TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanishi kerak boʻlgan kishilarning 75,3 foizi toʻliq emlanib boʻldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Emlanish jarayoni boshgandan buyon mamlakatda jami 49 403 977 doza vaktsinadan foydalanilgan.
Birinchi bosqichda 19,9milliondan ziyod kishi (93,1 foiz) emlangan. 16,05 million kishi ikkinchi bosqichda emlangan, 13,3 million ortiq kishi (75,3) uchinchi va buster doza bilan emlanib boʻlgan.
2021 yil 1 aprelidan Oʻzbekistonda aholini kovidga qarshi ommaviy emlash boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar va ichki ishlar xodimlar emlandi. Keyin 18 yoshdan oshganlarning emlanishi shart etib belgilandi.
Respublika maxsus komissiyasining 23 fevraldagi qarori bilan ish beruvchilarga 90 foiz xodimlarini kovidga qarshi emlash majburiyati yuklandi. Emlanmagan, jumladan, buster doza bilan emlangan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0