https://oz.sputniknews-uz.com/20220410/mirziyoev-yirik-monolistlarni-xususiylashtirish-va-isloh-qilish-muddatini-tasdiqladi-23884807.html
Mirziyoyev yirik monopolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddatini tasdiqladi
Mirziyoyev yirik monopolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddatini tasdiqladi
Ular orasida “Oʻzbekneftegaz", “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” va boshqalar bor. 10.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-10T15:31+0500
2022-04-10T15:31+0500
2022-04-10T15:54+0500
iqtisod
xususiylashtirish
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/09/1d/15073501_0:87:1280:807_1920x0_80_0_0_20aed62bd39d9a35a27fc8a3341b065f.jpg
TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik monolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddati aniq belgilangan farmoni imzoladi. Ular orasida “Oʻzbekneftegaz", “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” va boshqalar bor.Xususan, hujjat bilan 1 mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022 yil yakuniga qadar "Oʻzbekneftgaz" kompaniyasining, shu jumladan, aktsiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, "Issiqlik elektr stantsiyalari" AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda.1 sentyabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida "Oʻzbekgidroenergo" AJni isloh qilish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.Bunda, yangi kichik va oʻrta gidroelektrostantsiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi.1 sentyabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan, aktsiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlari boshlanadi.1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, "UzAuto Motors" AJ aktsiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirish (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda "UzAuto Motors Powertrain" AJ, "Samarqand Avtomobil zavodi" MCHJni strategik investorlarga sotish strategiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qoʻyilgan.Ikki oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJning Toshkent shahridagi va hududiy xalqaro aeroportlarini modernizatsiya qilish va operatsion samaradorligini oshirish uchun xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish boʻyicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kutilmoqda.Bunda, Fargʻona vodiysidagi aeroportlarni maqbullashtirish orqali ulardan samarali foydalanish choralari nazarda tutiladi.Bundan tashqari, 1 sentyabrga qadar "Oʻzbektelekom" AK va "Oʻzbekiston pochtasi" AJni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritishni taʼminlash vazifasi topshirilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/09/1d/15073501_44:0:1236:894_1920x0_80_0_0_6a3dbe8f52ff2f23d765691a8107cf56.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
xususiylashtirish
Mirziyoyev yirik monopolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddatini tasdiqladi
15:31 10.04.2022 (yangilandi: 15:54 10.04.2022) Ular orasida “Oʻzbekneftegaz", “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” va boshqalar bor.
TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik monolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddati aniq belgilangan farmoni
imzoladi. Ular orasida “Oʻzbekneftegaz", “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” va boshqalar bor.
Xususan, hujjat bilan 1 mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022 yil yakuniga qadar "Oʻzbekneftgaz" kompaniyasining, shu jumladan, aktsiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, "Issiqlik elektr stantsiyalari" AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda.
1 sentyabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida "Oʻzbekgidroenergo" AJni isloh qilish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.
Bunda, yangi kichik va oʻrta gidroelektrostantsiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi.
1 sentyabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan, aktsiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlari boshlanadi.
1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, "UzAuto Motors" AJ aktsiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirish (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda "UzAuto Motors Powertrain" AJ, "Samarqand Avtomobil zavodi" MCHJni strategik investorlarga sotish strategiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qoʻyilgan.
Ikki oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJning Toshkent shahridagi va hududiy xalqaro aeroportlarini modernizatsiya qilish va operatsion samaradorligini oshirish uchun xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish boʻyicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kutilmoqda.
Bunda, Fargʻona vodiysidagi aeroportlarni maqbullashtirish orqali ulardan samarali foydalanish choralari nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, 1 sentyabrga qadar "Oʻzbektelekom" AK va "Oʻzbekiston pochtasi" AJni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritishni taʼminlash vazifasi topshirilgan.