Jamiyat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston kovid sertifikatlarni oʻzaro tan oldi

CC0 / Unsplash / Hakan Nural / Probirka s vaktsinoy
Probirka s vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
26 martdan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston COVID-19’ga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni oʻzaro tan olishni boshladi.
TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston COVID-19’ga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni oʻzaro tan oladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar qildi.
Ikki mamlakat hukumatlari davlatlarning qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar bergan kovidga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni oʻzaro tan olishga kelishib olgan.
Kelishuv joriy yilning 26 martidan kuchga kirgan.
Avvalroq Tojikiston,Turkiya va Qozogʻiston Oʻzbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarni rasman tan olgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0