Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Parhezshunos qanday nonushta qonda shakarni kamaytirishini aytdi

Zavtrak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eat This, Not That: qonda shakarni kamaytiruvchi eng yaxshi nonushta bu- yogurt va tuxum.
Parhezshunos Liza Yanggning taʼkidlashicha, nonushtada oqsil, uglevod, kletchatkaga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish shart. Bu haqida Eat This, Not That nashri maʼlum qildi.
Mutaxassis oqsilga boy mahsulotlardan yogurt, sut va tuxumni tavsiya qilgan. Uglevodlar va kletchatkalar esa non, meva-sabzavotlarda koʻp.
“Oqsil uglevodlar va kletchatka bilan uygʻunlikda qonda shakarning koʻpayishini oldini oladi. Oqsilning oʻzi glyukoza koʻpayishini oldini oladi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlar toʻyinganlik hissini beradi va bunday nonushtadan soʻng ochlikni his qilmaysiz”, - deydi shifokor.
Diabetes Care tadqiqotlarida keltirilishicha, uglevodlardan oldin oqsilli oziq-ovqat va sabzavotlarni isteʼmol qilish glyukozani 37% ga va 2-toifa diabet va semizlik bilan ogʻrigan bemorlarda insulin ishlab chiqarishni kamaytiradi.
Yangiliklar lentasi
0