Besh va uch bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMarafon v Tashkente
Marafon v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna bo‘lish
Musobaqa g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va trenerlar malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi. Ularga malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. 2022 yildan har yili 30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida 5 bosqichli sport musobaqalari, 2023-yil 1-martdan esa 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha prezidentning 201-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Unga ko‘ra, oilaviy sport rag‘batlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.
O‘zbekiston yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi.
1-bosqichda – ko‘chalararo mahalla musobaqalari;
2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;
3-bosqichda – sektor musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari g‘olib mahalla jamoalari o‘rtasida viloyat musobaqalari;
5-bosqichda – viloyat musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida respublika (final) musobaqalari.
Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida bo‘lib o‘tadi.
2023 yil 1-martdan esa olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Ommaviy sportni rivojlantirishga e’tibor kuchaytiriladi
Yuqoridagi musobaqalar g‘oliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi:
- tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;
- viloyat bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
- respublika (final) bosqichida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.
Yangiliklar lentasi
0