MB: banklar mijozlar kartalaridan noqonuniy mablag‘ yechib olishgan

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna bo‘lish
Mijozlar kartalaridan noqonuniy mablag‘ yechib olish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan "Davrbank"ka sanksiya qo‘llanildi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Markaziy bank (MB) fuqarolarning bank kartasidagi pullar ularning ruxsatisiz yechib olingani kuzatilganini ma’lum qildi.
MB bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga kelib tushgan murojaatlarni o‘rgangan. Unda kafil yoki birgalikda qarz oluvchi hisoblanmagan fuqarolarning bank kartalari qonun hujjatlariga rioya qilinmagan holda ularning roziligisiz tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun biriktirilib, mablag‘lar yechib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi aniqlangan.
Bunday amaliyotni yo‘lga qo‘ygan “Davrbank”ka nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyasi qo‘llangan. Bankka bu amaliyotga chek qo‘yish va fuqarolarga mablag‘larni qaytarib berish majburiyati yuklangan.
Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati banklarni kredit qarzdorliklarni uchinchi shaxslar hisobidan so‘ndirishda amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga chaqirgan. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 57-moddasida bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligi eslatilgan.
MB shunga o‘xshash holotga duch kelinganda xizmatga yozma ravishda yoki (71) 212-60-15, (71) 212-73-80, (71) 212-60-94 telefon raqamlari orqali murojaat qilishni so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0