Dunyoda

Qozogʻiston 15 apreldan bugʻdoy va un eksportini cheklaydi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishPshenitsa
Pshenitsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kvotalar 15 apreldan 15 iyungacha amal qiladi. Bugʻdoy uchun kvota hajmi 1 mln tonna, un uchun 300 ming tonnani tashkil etadi.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Qozogʻiston 15 apreldan 15 iyungacha bugʻdoy va un eksporti uchun chegaralangan miqdorda kvotalar joriy etadi. Bu haqda Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Aydarbek Saparov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, cheklov ichki bozorda tanqislik yuzaga kelishi va un tegirmonlari yuklanishining oldini olish maqsadida joriy qilingan.
Bugʻdoy uchun kvota hajmi 1 mln tonna, un uchun 300 ming tonnani tashkil etadi
Avvalroq respublika qishloq xoʻjaligi vaziri Yerbol Karashukeyev Qozogʻiston ichki bozorni himoya qilish uchun bugʻdoy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritish ustida ish olib borayotganini maʼlum qilgan edi, biroq aniq sana va muddatlar haqida maʼlumot bermagan edi.
Oʻzbekiston aprel-iyul oylarida Qozogʻistondan 100 ming tonna bugʻdoyni (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilishni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0