Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani ochdi

© Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov / Mediabankka o‘tishSotrudniki pogranichnoy slujbi Kirgizii
Sotrudniki pogranichnoy slujbi Kirgizii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli mamlakat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq cheklovlar olib tashladi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Qozog‘iston 11-apreldan boshlab O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi chegarani ochdi. Shu tariqa respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiyasining 6-apreldagi qarori kuchga kirdi.
Bundan tashqari, respublika aviaqatnovlar orqali kirishga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi.
Shu bilan birga, chegaradan o‘tishda natijasi manfiy PZR-test yoki koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatish talabi saqlab qolinadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara punktlari koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ikki yil oldin yopib qo‘yilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston COVID-19’ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni 18-martdan boshlab o‘zaro tan olgan.
Yangiliklar lentasi
0