Kolumnistlar

Germaniya Rossiya ustidan gʻalaba deb oʻz iqtisodiyotini xatarga tashlamoqda

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishVыborы v Bundestag
Vыborы v Bundestag - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻarbning Rossiyaga iqtisodiy urushi yangi davrga chiqmoqda.
Dushman endi oʻzini hamkor niqobida koʻrsatmayapti. Sanktsiyalar haqida ularni stingerlar va pantserfaustlar kabi qurol ekanligini oshkora aytishmoqda. Hisoblarimizdagi pullarimiz, Yevropadagi uylarimiz va koʻrgazmalardagi suratlarmizning ochiq-oshkora talon-taroj qilishmoqda. Yangi hujumga oʻtish uchun Ukrainaning navbatdagi qonli feyklarini sabrsizlik bilan kutishmoqda.
Bu urushdagi vundervaffe (moʻʼjiza qurol), “Katta Berta”ning iqtisodiy muqobili, Yevropa Ittifoqi davlatlarining mamlakatimizdan neft va gaz sotib olishdan kelishilgan tarzda rad etishi boʻlishi kerak edi. Ammo bunday boʻlmadi. Amerikaliklarga bizning uglevodorodlarimizdan voch kechish oson, chunki ularda u koʻp. Energotanqis Yevropada esa vaziyat boshqacha. Asosiy xavf YEI iqtisodiyotining asosiy lokomotivi – Germaniyaga taaluqli.
“Bu ikki hafta oldin tasavvur ham qilib boʻlmaydigan falokat boʻlardi, biroq hozir u mutlaq haqiqiydek koʻrinyapti”. Gʻarbiy Germaniya elektrotexnika firmasi egasi Rossiya gazidan voz kechish ehtimolini shunday soʻzlar bilan tasvirlamoqda. U Guardian gazetasi jurnalistlaridan ism-sharifi va firmasining nomini oshkor qilmaslikni iltimos qilgan. (Albatta, axir- bunday fikriy jinoyat Rossiyaga karshi sanktsiyalarning samaradorligiga bildirilgan shubhaku). Biznesmen yuz yillik firmasi Rossiya gazi, shuningdek, nikeli va alyuminiyisiz bir lahzada kasodga uchrashini tan olgan.
Nemislar Rossiyadan gaz kelishi toʻxtagan kunni “X kuni” deb nomlashmoqda. Germaniya uchun yiliga ellik milliard kub metr gaz, Rossiya uchun kuniga ikki yuz million yevro - muammoning narxi shunday. Ammo bu boshlanishi. Germaniyaning butun sanoati xavf ostida qoldi. Axir aynan shu sanoat Yevropa Ittifoqining butun iqtisodiyotini ushlab turardi.
Yevropa Ukraina inqirozi tufayli AQSH tuzogʻiga tushdi
Tarixning ajoyib kinoyasi. Afsonaviy nemis korporatsiyalari- Krupp va Tissen, Bauer va BASF- Birinchi jahon urushida ham, Ikkinchi jahon urushida ham muvaffaqiyatli tarzda boyigan edi. Ushbu kompaniyalarning urushni alangalatishda ishtirok etgan degan mashhur taxmin ham bor- albattada, axir bu ajoyib biznes. Nemis davlatining navbatdagi magʻlubiyatidan soʻng, ushbu kompaniyalar kichkina rebrending qilgan, top-menedjerlarni oʻzgartirgan va faoliyatini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. Krupp ixtiro qilgan qurollardan millionlab sovet soldatlari halok boʻlgani, Bauerning esa fashist kontslagerlarida odamlar ustida tajriba oʻtkazishni moliyalashtirganini insoniyat eslashni istamas edi. Bu shunchaki hayot ikir-chikirlari edi xolos. Ammo Germaniyaning yirik korporatsiyalari bugun, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urushdagidek hech qachon tavakkal qilmagan.
GFR Rossiyadan gaz yetkazib berish toʻxtatilgan taqdirda uchta harakat rejasini ishlab chiqdi. Ularning har birida energiya taʼminoti ustuvorligi shifoxonalar va farmatsevtika ishlab chiqarishiga berilgan. Bundan keyin – turar joy uylari, nemislarning har holda oʻlgunicha boʻlmasa ham biroq baribir Ukraina uchun sovuq qotishiga toʻgʻri keladi. Gaz yetkazib berish biznesini esa birinchilarlan boʻlib taqiqlashadi. Oqibati qanday boʻladi?
Yevropa "General Ayoz" kelishi bilan halok boʻlishga tayyor
Ishlab chiqarish kasodga uchraydi, millionlab odamlar ishini yoʻqotadi. Bularning bari- energiya, ishlab chiqarish va turar-joy ijarasining narxining osmon qadar yuksalayotgani fonida boʻlyapti. Odob saqlab aytganda, Yevropaning eng yirik iqtisodiyotini turgʻunlik kutmoqda. “Toʻgʻrisini aytsam, deb tan oladi Guardian ga bergan intervyusida BASF rahbari Martin Byudermyuller- bu bizning Ikkinchi jahon urushidan soʻng eng yomon inqirozimiz, rivojlanishimizning oxiri boʻlishi mumkin”.
Rossiya nemislarni kutib turmasdan ham oʻz vundervaffesini tamomila qoʻllashi, ularga gaz yetkazishni mustaqil tarzda uzib qoʻyishi mumkin. Bunga Davlat Dumasida allaqachon chaqiriqlar ham boʻlmoqda. Bu Germaniyaga qanday taʼsir qiladi?
Albatta, kasodga uchragan tadbirkorlar, ishini yoʻqotgan nemislar koʻchalarga chiqishadi. Biroq, koʻchada ularni nima uchun och qolishi va sovuq qotishinining sababini tushuntirib beradigan ukrain qochoqlari kutib turadi. Agar ular uddalay olmasalar, ishga kuchishlatar organlar aralashadi. Politsiya kuchuklari, vodometlar, koʻzni yoshlantiruvchi gaz - oxirgi yillarda Yevropa hatto eng katta masshtabli namoyishlarni ham bosdi-bosdi qilishni yaxshigina mashq qildi. Noroziliklarni shu qadar shafqatsizlarcha bostirishidaki, fuqarolar koʻchaga hatto qaray olmay qoladi.
Yevropa Ittifoqi yana 10 yil Rossiya gaziga bogʻliq boʻladi
Osiyo va Afrika noqonuniy migrantlarining qutulib boʻlmas “kuzgi chaqiriqlari” ham vaziyatni murakkablashtiradi. Ochlik muammosiga duch kelgach, migrantlar mehmondoʻst Yevropaga, birinchi boʻlib Germaniyaga yugurishadi. Demak ular bilan - mahsulot talonlari, ishsizlik nafaqalarini ham boʻlishishga toʻgʻri keladi. Nemislar ularga qarshi norozilik qilib koʻrsinchi - migrantlarning oʻzi bostirib boradi. Ularga bu oson.
GFR hukumati xalq gʻazabining olovini bir qancha muddatga pul bilan sovutib turishi mumkin. Biroq bosib chiqarish dastgohi 2020 yildan buyon toʻliq quvvatda ishlamoqda, yevro maydonida inflyatsiya barcha rekordlarga chiqmoqda. Bir yildan soʻng bu valyuta nimaga aylanadi?
Nemis siyosatchilaridan naf yoʻq va bu tushunarli. Ular Vashington buyruqlarini aniq-tiniq bajarishadi xolos. Ammo nega afsonaviy nemis biznesi, dunyo iqtisodiyotining faxri jim turibdi? Uning kapitanlari “Shimoliy oqim 2” topshirdi, hozir esa tushunarsiz bir nimalar deb toʻngʻillab qoʻymoqda.
Gap shundaki, nemis korxonalarining katta qismi AQShda savdo bozoriga ega. Unga kirishni manipulyatsiya qilish orqali Vashington nemis kapitalistlaridan xohlagan narsasini talab qilishi mumkin. Bu dunyodagi eng boy bozor, foydali boʻlishi aniq. Nemislar tishini tishiga qoʻyib Rossiyadan chiqib ketishlari mumkin, ammo amerikalik xaridorni yoʻqotish koʻpchilik uchun oʻlim bilan barobar.
Nemislar “semiz qovjiraguncha, oriq harom oʻladi” degan qadim maqoliga yana bir umid qilgan. Bu yerda “oriq” Rossiya. Yaʼni bizning iqtisodiyotimiz nemis iqtisodidan oldin sinadi qabilida. Uglevodorod taʼminotini boshqa xaridorlarga yoʻnaltirish yangi, katta sarmoyalarni talab qiladi. Narxlarning oshishi va ishsizlik ijtimoiy notinchlikka olib keladi.
Nemislarning eng jozibali tasavvur dunyosi boʻyicha, iqtisodiy urush natijasida Rossiya parchalanadi, yadroviy yetakchilikni yoʻqotadi va orzu qilingan rus gazi esa (shuningdek, neft, nikel, alyuminiy va olmos) hech narsa evaziga, yaʼni tekinga Germaniyaga ketadi. Mana buni kurashsa arziydigan maqsad desa boʻladi. Uydan sovuqdan qaqshab oʻtirish, sharoit yoʻqligidan yuvinmaslik, mol goʻshtidan chigirtkalarni yeyishga oʻtish.
Amerika Rossiya gazining oʻrnini bosa oladimi?
Yevropa aholisining uzoq vaqt davomida qoʻrqinchli qiz Greta Tyunberg tomonidan qoʻlga oʻrgatilgani bejiz emas. Kuniga ikki marta ovqatlanish, haftada bir marta yuvinish, kolivinglarda yashash, faqat velosipedda yurish kabi ajoyib loyihalarni eslaysizmi? Ha, ha, bu oʻsha “Buyuk qayta tiklanish”. Uni global isishga qarshi kurash pozitsiyasi sifatida koʻrsatishgan. Bugun maʼlum boʻlishicha, bu oltin milliard Rossiya bilan jang qilish uchun tayyorlangan ekan.
Aslida, ishdan soʻng umuman isimaydigan uyga kelish va kechgi ovqat uchun soya goʻshtini pishirish juda achinarli. Bunday holda oddiy nemisni qoʻllab-quvvatlaydigan narsa- bu ruslarga nafrat. Nafratni esa doktor Gebbelsning eng yaxshi vasiyatlariga koʻra Yevropa transmilliy kompaniyalari nazoratida Yevropa OAVlari rivojlantirmoqda.
Mashhur nemis kontsernlari egalari oʻz vatandoshlarini iqtisodiy urush oʻchogʻiga tashlab, har doimgidek, ularning orqalarida yashirinishni orzu qiladilar. Ha, Rossiyadan gaz taʼminoti toʻxtatilgandan keyin Germaniyada kichik va oʻrta biznes halokatga uchraydi. Ammo korporatsiyalarning boshqa xavfsizlik choralari bor. Ular xarajatlarning oʻsishini oʻz isteʼmolchilariga tashlab qoʻyishni rejalashtirmoqda. Ammo ular narx belgilarini qanchalik uzoq muddatga koʻtara olishadi va bu ularning butunlay vayron boʻlishi bilan yakunlanmaydimi?
Oldimizda paydo boʻlayotgan iqtisodiy “Stalingrad” hatto mamlakatlar oʻrtasidagi qarama-qarshilik emas, aslini olganda, ikki qadriyat toʻqnashuvidir. Nisbatan aytganda, gaz dollarga yoki valyutalar resurslarga qarshi kurashmoqda.
Germaniya va Rossiya oʻrtasidagi toʻqnashuv ham bunga kimyoviy jihatdan sof misoldir. Rossiya resurslari bilan hammasi joyida. Agar kerak boʻlsa, oʻzimiz oʻzimizni boqamiz va oʻzimizni isitamiz. Toʻgʻri, nimadandir voz kechishga toʻgʻri keladi. Ammo 2014-yilda, mamlakatda xamon haqida dahshatli nolalar boʻlgani yodga tushdi. Nima boʻlibdi? Xamonsiz ham yashayapmiz. Ishlar qanday ketayotganini kuzatamiz, lekin hozircha yaxshi.
"Gazprom" Germaniyaning eng yirik omboriga gaz quyishni toʻxtatdi
Germaniya iqtisodiyoti soʻnggi yarim asr davomida bizga namuna sifatida koʻrsatilgan. Yuqori texnologiya, sanoat ishlab chiqarishi, xizmatlar sohasi, hammasi ajoyib. Bitta pistirma - bu kuchli energiya tanqisligi. Ventil aylanishi - va bu koʻp asrlar davomida qurilgan konstruktsiya qartadan qurilgan uy kabi qulaydi va oʻzi bilan Yevropaning boshqa mamlakatlari iqtisodiyotini ham halok qiladi.
“Stalingrad” - bu faqat metafora. Biroq, iqtisodiy urushdagi janglar Ikkinchi Jahon urushidagi eng dahshatli janglardan ham koʻproq odamni oʻldirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0