Iqtisod

Rossiya oʻzbek limonining asosiy xaridori boʻlib qolmoqda

© Sputnik / Maks Vetrov / Fotobankka oʻtishSbor limonov
Sbor limonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 1,2 ming tonna limon eksport qilgan.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Oʻzbekiston 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,3 mln dollarga teng boʻlgan 1,2 ming tonna limon eksport qilgan. Asosiy xaridor – Rossiya.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston limonlarini xarid qilishda Rossiya yetakchi. Ikki oy davomida u yerga 715 tonna limon eksport qilingan. Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston – 325 tonna va Qirgʻiziston – 194 tonna.
Fargʻona (521 tonna), Toshkent (219 tonna) va Xorazm viloyatlari (159 tonna) xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar orasida yetakchi.
Avvalroq rossiyalik restoratorlar Oʻzbekistonning meva-sabzavotlari, gazmol va vinolariga katta qiziqish bildirayotgani va mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyor ekanliklari xabar qilingan edi.
Oʻtgan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0