Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligiDilmurod Abdurahmonov
Dilmurod Abdurahmonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna bo‘lish
Sayxunobod tumanidagi "Politeks Sirdaryo" mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi to‘qimachilik klasteri rahbari Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Dilmurod Abdurahmonov Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdurahmonov bunga qadar Sayxunobod tumanidagi "Politeks Sirdaryo" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi to‘qimachilik klasteri rahbari bo‘lgan.
Dilmurod Abdurahmonov 1983-yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent moliya institutini, 2010-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2011-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.
"Shuhrat" medali sohibi.
Yangiliklar lentasi
0