https://sputniknews-uz.com/20220411/sud-ekspertizasi-togrisidagi-qonun-qanday-ozgaradi---tafsilotlar--23899613.html
Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonun qanday oʻzgaradi - tafsilotlar
Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonun qanday oʻzgaradi - tafsilotlar
Adliya vazirligi yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi va jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.
2022-04-11T13:16+0500
2022-04-11T13:16+0500
2022-04-11T13:16+0500
jamiyat
sud
ekspertiza
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1d/23626444_0:99:1921:1179_1920x0_80_0_0_65bc58cd5121c9da6df9c76b4f632de0.jpg
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Adliya vazirligi yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi va jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi. Loyiha bilan amaldagi qonunga bir qator yangi moddalar va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.Loyihada sud ekspertining kasb etikasi qoidalari, maxsus bilimlar, mutaxassis fikri, validasiya, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, xususiy sud eksperti, sud eksperti attestatsiyasi, sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari) va sud ekspertlarining davlat reyestri hamda sud eksperti qasamyodi kabilar belgilanmoqda.Shuningdek, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot) oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha ekspertlik faoliyatini amalga oshirishi hamda sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar mutaxassislarining huquqiy maqomlari qonun bilan mustahkamlanmoqda.Hujjat loyihasida ekspertlarning noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlar adolatli va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlash masalasi ham oʻrin olgan. Unga koʻra, qaror loyihasi qabul qilinsa davlat sud-ekspertiza muassasalari huzuridagi malaka komissiyasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari va xususiy sud ekspertlari malaka komissiyalari tashkil etiladi.Shu bilan birga, hujjatda kelgusida sud ekspertizasi sohasida manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishini oldini olish maqsadida sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan ekspertiza oʻtkazishga doir cheklovlar qayd etilmoqda.Viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yoʻlga qoʻyiladiQonun loyihasi bilan davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi boʻyicha qoʻshimcha va qayta sud ekspertizasi, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarini esa nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti oʻtkazishi mumkinligi mustahkamlab qoʻyilmoqda.Muhokama 22 aprelga qadar davom etadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1d/23626444_108:0:1811:1277_1920x0_80_0_0_b147f400dcce3f8f6268a0167effc6e4.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sud, ekspertiza
Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonun qanday oʻzgaradi - tafsilotlar
“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Adliya vazirligi yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi va jamoatchilik
muhokamasiga qoʻydi. Loyiha bilan amaldagi qonunga bir qator yangi moddalar va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Loyihada sud ekspertining kasb etikasi qoidalari, maxsus bilimlar, mutaxassis fikri, validasiya, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, xususiy sud eksperti, sud eksperti attestatsiyasi, sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari) va sud ekspertlarining davlat reyestri hamda sud eksperti qasamyodi kabilar belgilanmoqda.
Shuningdek, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot) oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha ekspertlik faoliyatini amalga oshirishi hamda sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar mutaxassislarining huquqiy maqomlari qonun bilan mustahkamlanmoqda.
Hujjat loyihasida ekspertlarning noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlar adolatli va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlash masalasi ham oʻrin olgan. Unga koʻra, qaror loyihasi qabul qilinsa davlat sud-ekspertiza muassasalari huzuridagi malaka komissiyasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari va xususiy sud ekspertlari malaka komissiyalari tashkil etiladi.
Shu bilan birga, hujjatda kelgusida sud ekspertizasi sohasida manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishini oldini olish maqsadida sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan ekspertiza oʻtkazishga doir cheklovlar qayd etilmoqda.
Qonun loyihasi bilan davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi boʻyicha qoʻshimcha va qayta sud ekspertizasi, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarini esa nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti oʻtkazishi mumkinligi mustahkamlab qoʻyilmoqda.
Muhokama 22 aprelga qadar davom etadi.