UQK Rossiya harbiylariga yangi tanklarni topshirishdi – video
© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishTank T-64, broshennыy Voorujennыmi silami Ukrainы v Xersonskoy oblasti.

© Sputnik / RIA Novosti
/ Bu Izyum tumanidagi Topolskoye aholi punktini ozod qilish vaqtida roʻy bergan.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Xarkov viloyatida rossiyalik harbiylarga mutlaqo yangi tanklarni toʻliq jangovar anjomlari bilan topshirishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, bu Izyum tumanidagi Topolskoye aholi punktini ozod qilish vaqtida roʻy bergan. Ukrainalik tankchilar toʻplarni yuqoriga koʻtarib, taslim boʻlishgan.
“Ularning yangi tanklari bor edi, kam masofa yurgan, ehtimol, endi foydalishga olishgan. Toʻliq jangovar anjomlari bilan. Oʻt ochishga toʻgʻri kelmaganligiga hammamiz xursand boʻldik. Taslim boʻlishmoqda, chunki bizni, tanklarimizni, texnikalarimizni koʻrishyapti. Va allaqachon biz bilan jang qilishni istashmayapti”, - dedi tank rotasi komandiri Timur.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.