Dunyoda

Belgiyada omikronning yangi BA.4 varianti aniqlandi – OAV

© REUTERSOmikron-shtamm koronavirusa
Omikron-shtamm koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Virusologning soʻzlariga koʻra, omikronning yangi variantlari yangi shtamm paydo boʻlishiga qaraganda yaxshiroq.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Belgiyada koronavirusning omikron shtammining yangi BA.4 varianti bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi. Bu haqda “Le Vif” nashri Lyovin katolik universiteti (KU Leuven) virusologlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Virusolog Mark Van Ranst va Pye Mayesning soʻzlariga koʻra, yangi variant Belgiyaning Valloniya hududida aniqlangan va Belgiya ozod universitetida (ULB) oʻrganilgan.

“Viruslar mutatsiyalarni jamlashmoqda, ular hamisha shunday qilishadi. Yangi variantlar yana paydo boʻlaveradi”, - deya Van Ranst soʻzlaridan iqtibos keltirgan nashr.

Virusolog omikronning yangi variantlari yangi shtamm paydo boʻlishiga qaraganda yaxshiroq ekanini taʼkidlagan.
Xitoy Sharqida omikronning yangi varianti topildi
Nashr maʼlumotlariga koʻra, omikronning BA.4 va BA.5 variantlari allaqachon Botsvana, Germaniya, Daniya, Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikada aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0