https://sputniknews-uz.com/20220412/besh-yil-mehnat-stajiga-ega-bolgan-ayollar-tavsiyanoma-asosida-otmga-kirishi-mumkin-23930287.html
Besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan ayollar tavsiyanoma asosida OTMga kirishi mumkin
Besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan ayollar tavsiyanoma asosida OTMga kirishi mumkin
Tavsiyanoma Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan bir marta beriladi va u 3 yil muddatga amal qiladi. 12.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-12T17:33+0500
2022-04-12T17:33+0500
2022-04-12T17:33+0500
jamiyat
otm
xotin-qizlar va oila ishlari qoʻmitasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/09/0d/14965077_0:191:2963:1858_1920x0_80_0_0_d2a7bd885581efbc7a9e16645b5091ab.jpg
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega, lekin oliy maʼlumoti yoʻq xotin-qizlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tegishli qaror loyihasini ishlab chiqdi va jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.Hujjat bilan mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda va 1 maydan boshlab kuchga kirishi kutilmoqda.Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatiladi:Xotin-qizlarga tavsiyanomani Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bir marta beradi va u 3 yil muddatga amal qiladi.Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyhatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlariga elektron shaklda har yili 1 maydan 1 iyunga qadar murojaat qiladi.Tavsiyanoma olgan abituriyentlar Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilgan oliy taʼlim muassasalari kesimida taqsimlangan umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlarida ishtirok etadi. Bunda umumiy tanlov (shuningdek davlat granti asosida imtiyozlar) doirasida toʻplagan bali boʻyicha talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar orasida tanlov amalga oshiriladi.Tegishli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar har yili oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kirish uchun xujjatlarni topshirish muddatlarida oʻrnatilgan tartibda maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.Mazkur tartib oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.Qaror loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi 22 aprelga qadar davom etadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/09/0d/14965077_116:0:2847:2048_1920x0_80_0_0_4fe221bb190297dad56bed2b23a29edc.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
otm, xotin-qizlar va oila ishlari qoʻmitasi
Besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan ayollar tavsiyanoma asosida OTMga kirishi mumkin
Tavsiyanoma Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan bir marta beriladi va u 3 yil muddatga amal qiladi.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega, lekin oliy maʼlumoti yoʻq xotin-qizlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tegishli qaror loyihasini ishlab chiqdi va jamoatchilik
muhokamasiga qoʻydi. Hujjat bilan mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda va 1 maydan boshlab kuchga kirishi kutilmoqda.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatiladi:
alohida kvotalarni davlat oliy taʼlim muassasalari kesimida taqsimlash tartibi;
mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish tartibi;
alohida test sinovlarini oʻtkazish tartibi.
Xotin-qizlarga tavsiyanomani Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bir marta beradi va u 3 yil muddatga amal qiladi.
Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyhatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlariga elektron shaklda har yili 1 maydan 1 iyunga qadar murojaat qiladi.
Tavsiyanoma olgan abituriyentlar Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilgan oliy taʼlim muassasalari kesimida taqsimlangan umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlarida ishtirok etadi. Bunda umumiy tanlov (shuningdek davlat granti asosida imtiyozlar) doirasida toʻplagan bali boʻyicha talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar orasida tanlov amalga oshiriladi.
Tegishli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar har yili oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kirish uchun xujjatlarni topshirish muddatlarida oʻrnatilgan tartibda maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mazkur tartib oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qaror loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi 22 aprelga qadar davom etadi.