Davolash muassasalarida turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish bekor qilinadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTabletki v kolbax
Tabletki v kolbax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
Tibbiyot asbob-uskunalari uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Prezident tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmonni imzoladi.
Yuqori malakali va malakali mutaxassislar toifasiga kirmaydigan boshqa chet ellik shifokorlar uchun O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berganlik uchun yig‘im miqdori 6 baravarga kamaytirildi. Endilikda yig‘im bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida undiriladi.
O‘zbekistonga qisqa muddatga (bir oygacha), shu jumladan, diagnostika hamda davolash amaliyotlarini bajarish, tajriba almashish dasturlari, mahorat darslari o‘tkazish va ma’ruzalar o‘qish, xodimlar malakasini oshirish maqsadida kelayotgan chet el mutaxassislariga hududda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olish talab etilmaydi.
O‘zbekistonda doimiy yashash joyi hamda fuqaroligi bo‘lmagan xorijliklardan davolash muassasalari tomonidan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im bekor qilinadi.
Bundan tashqari, davolash muassasalari (bundan sanatoriy va pansionatlar mustasno) uchun turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishga bo‘lgan talab ham bekor qilinadi. Bunda, davolash muassasalari tomonidan tashrif buyuruvchilarni hisobga olish avtomatlashtirilgan maxsus dastur orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan, lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Shu bilan birga, xuddi shu muddatga qadar, yuridik shaxslar mahsulotlarni mamlakatga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilmoqda.
Endilikda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinik bazalari tashkil etiladi. Ularda shifokor va hamshiralar o‘z malakasini oshiradi hamda qayta tayyorlanadi.
Bundan tashqari, malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirgan holda, toifasiz xodimlarga 3-yil, birinchi toifa uchun – 5-yil, oliy toifa uchun – 7-yil etib belgilanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0