Farg‘ona vodiysi uchun yagona aeroport qurish taklif qilinmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s planami modernizatsii dvux sotsialnix sfer
Prezident oznakomilsya s planami modernizatsii dvux sotsialnix sfer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘ona vodiysidagi uchta hudud – Andijon, Namangan va Farg‘ona uchun yagona bo‘lgan xalqaro aeroport qurilishi mumkin.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Farg‘ona vodiysida hududdagi har uchala viloyat uchun yagona bo‘lgan xalqaro aeroport qurilishi mumkin.Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan transport sohasidagi loyihalar taqdimotida so‘z bordi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi uchta – Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlari shaharlar ichida joylashgani va atrofi bino-inshootlar bilan zich o‘ralgani sababli ularni kengaytirish imkoniyati cheklangan. Shu bois uchta viloyatning o‘rtasida yangi xalqaro aeroport qurish taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat aeroportlarini 2035-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan. Bu strategiyani 2026-yilgacha amalga oshirish dasturida aeroportlarni ixtisoslashtirish, jumladan, Toshkent aeroportini xalqaro xab, Navoiy aeroportini yuk tashish xabi, Samarqand va Buxoro aeroportlarini turizm xablariga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Toshkent xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish orqali yo‘lovchilarni o‘tkazish quvvatini soatiga 2 ming 400 nafarga oshirish, ro‘yxatdan o‘tish, pasport nazorati va samolyotga chiqish yo‘laklarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Taqdimotda “Toshkent-Sharqiy” aeroportining bosh rejasi ham muhokama qilindi. Buxoro va Urganch aeroportlarida yangi yo‘lovchi terminallari qurish, shuningdek, hududlararo loukoster aviakompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Prezident aeroportlarda xizmatlarni ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, narxlarning ommabopligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Samarqand aeroporti 1-apreldan to‘liq ishga tushadi
2021 yil yakunlari bo‘yicha respublika aeroportlari orqali 5,4 mln yo‘lovchi va 82 ming tonna yuk tashilgan, xorijiy aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish hajmi oshgan. Xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida barcha aeroportlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshilangan.
Shu bilan birga, Samarqand xalqaro aeroporti yangidan qurilib, ishga tushirildi. Toshkent xalqaro aeroportining 2-terminali rekonstruksiya qilinib, o‘tkazish quvvati 2 barobar oshirildi. Qarshi aeroportining uchish zali yangilandi.
Yangiliklar lentasi
0