Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Miya faoliyatini chiniqtiruvchi eng oddiy mashqlar

 Rabota mozga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ismlar, sanalar, kerakli soʻzlarva maʼlumotlarni tez- tez yodingizdan chiqarib qoʻyayotgan boʻlsangiz, ushbu mashqlarni albatta bajarishingiz kerak.
Shifokor Aleksandr Solovyev "Doktor Piter” portaliga miyani chiniqtiruvchi samarali va oddiymashqlarni tavsiya qildi.
COVID-19 bilan kasallangan odamlarda virus oʻtkandan soʻng 7-8 oylar mobaynida diqqatni jamlash, eslab qolish, tez oʻrganish va maʼlumotlarni qayta ishlash kabi jarayonlarda buzilishilar kuzatilishi mumkin. Biroq, oddiy mashqlar bilan miyani chiniqtirish va xotirani mustahkamlab olish anchayin oson.
Katta pazl yigʻing
Bunda koʻz qabul qilgan maʼlumotlarni kichkina detallardan katta umumiy tasavvur paydo boʻlishigacha qobiliyatlar shakllanadi.
Ikkilamchi koʻrish qobiliyatini mashq qiling
Ushbu mashq uydan tashqarida, ( xiyobonda, oʻrmonda, yangi joyda) samarali boʻladi. Toʻgʻriga qaraysiz, koʻzlaringizni harakatlantirmaysiz, koʻzingiz tushgan hamma narsani eslab qolasiz. Keyin koʻzlarni yumib, yodingizda qolgan manzarani tasavvuringizda shakllantiring.
Yangi qoʻshiqlar yodlang va kuylang
Qoʻshiq kuylash jarayonida miya quvonch gormoni deb ataladigan endorfin moddasini ishlab chiqishda ancha faol boʻladi. Qoʻshiq kuylash hayot tonusini koʻtaradi, diqqatni jamlash qobiliyatini yaxshilaydi, jismoniy va aqliy faollikni oshiradi.
Musiqa asbobini chalishni oʻrganing
Bu jarayon miyaning bir-biriga uzviy bogʻliq funktsiyalarini bir vaqtning oʻzida rivojlantiradi. Bu uchun royal sotib qolish kerak emas. Masalan, ukulele yoki glyukofon kabi oʻrganish uchun oson va qulay boʻlgan asboblarni chalish ham juda yaxshi samara beradi.
Yetakchi qoʻlingizni oʻzgartiring
Siz uchun “noqulay” qoʻlingizni kundalik oddiy yumushlarda ishlating. Yaʼni, agar siz oʻng qoʻlda koʻp ishlasangiz, chap qoʻlingiz bilan tishingizni yuvishga harakat qilib koʻring. Qoʻlingizni bunga oʻrgatib olgandan soʻng qiyinroq vazifalarni qilib koʻring: chap qoʻlda yozing, rasmlar chizing. Agar chapaqay boʻlsangiz, oʻng qoʻlingizni oʻrgating.
Bu jarayonda millionlab neyronlar yangi aloqa yaratadi.
Toʻp bilan oʻynang.
Toʻp bilan eng oddiy mashqlar ham miyaga yaxshi taʼsir koʻrsatadi. Bu uchun futbol yoki tennis oʻynash shart emas. Shunchaki devorga otib oʻynash, uni ushlab olishga harakat qilish, jongler harakatlari samarali natija koʻrsatadi.
Notekis yuzalarda yuring
Bu vestibulyar tizimni yaxshilaydi, muvozanat nazoratini kuchaytiradi. Bunda faqat asfalt bilan yurish emas, balki toqqa chiqish, noqulay yoʻllarda yurish ham foydali.
Yangiliklar lentasi
0