Rossiya

Putin va Lukashenko Amur viloyatida uchrashuv oʻtkazadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel peregovorы s prezidentom Belorussii A. Lukashenko
Prezident RF V. Putin provel peregovorы s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda "Vostochniy" kosmodromiga tashrif buyuradi.
TOSHKENT, 12 apr - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Blagoveщensk shahriga yetib keldi va bu yerda u Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar oʻtkazadi.
Ikki tomonlama uchrashuv oldidan davlat rahbarlari vertolyotda "Vostochniy" kosmodromi va infratuzilma obʼyektlari qurilishini koʻzdan kechirishi, soʻng ishchilar bilan suhbatlashib, uchuvchi-kosmonavtlarni taqdirlashi kutilmoqda.
Muzokaralar chogʻida Putin va Lukashenko Gʻarb sanktsiyalariga qarshi choralarni, tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar. Uchrashuv yakunlari boʻyicha qoʻshma matbuot anjumani oʻtkazilishi kutilmoqda.
Tashrif davomida Rossiya prezidenti Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlov va Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozin bilan ham gaplashadi.
Lukashenko matbuot xizmati xabar berishicha, Belarus rahbari allaqachon Blagoveщenskka yetib borgan. Vostochniyga tashrif buyurish va Putin bilan muzokaralar oʻtkazishdan tashqari, u Vladivostokda Primorsk oʻlkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarning asosiy mavzusi Belarusning ushbu mintaqa bilan hamkorligini rivojlantirish boʻladi. Lukashenkoning Russkiy oroliga ham tashrif buyurishi va Belarus ichki bozoriga baliq yetkazib berish masalasini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0