Rossiya

Rossiya yevrobondlar boʻyicha qarzini rublda toʻladi, defolt eʼlon qilgani yoʻq

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnыe kupyurы i monetы.
Denejnыe kupyurы i monetы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya yevrobondlar boʻyicha toʻlovni rublda amalga oshirdi, oʻz majburiyatlaridan voz kechgani yoki defolt eʼlon qilgani yoʻq,
TOSHKENT, 12 apr - Sputnik. Rossiya yevroobligatsiyalar boʻyicha defolt eʼlon qilgani yoʻq, CNN tarqatgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, ded Rossiya moliya vazirligi.
Moliya vazirligi taʼkidlashiga koʻra, Rossiya oʻz qarzlarini toʻlash uchun yetarli mablagʻga ega va shu sababli bugun yuzaga kelgan vaziyatni toʻlov majburiyatlaridan voz kechish deb hisoblash mumkin emas.
"Kreditorlarning barcha mumkin boʻlgan daʼvolari <...> Rossiyaning qarz majburiyatlarini bajarishi uchun noqonuniy toʻsiqlar yaratgan davlatlarning rasmiy organlariga yuborilishi kerak. <...> Amerika banklari va AQSH hukumatining noqonuniy xatti-harakatlari Rossiyaga xorijiy valyutada toʻlov amlaga oshirishiga toʻsqinlik qildi”, — deyiladi Moliya vazirligi xabarida.
Shunday boʻlsa-da, Rossiya masʼul qarz oluvchi sifatida, investorlarga toʻash kerak boʻlgan mablagʻlarni Rossiya depozitariysida kerakli miqdorlarni rubl koʻrinishida saqlab qolgan.
"Toʻlov amalga oshirish mumkin boʻlmagan obligatsiyalar, asosan xorijiy investorlarga tegishli. AQSH rasmiylarining taqiqlovchi choralari birinchi ana shu xorijiy investorlar jumladan amerikalik investorlarning manfaatlariga putur etkazdi", - deya taʼkidladi Moliya vazirligi.
Ularning taʼkidlashicha, bu taqiq Gʻarb kontragentlari tomonidan oʻz shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va investorlar manfaatlarini buzayotganiga yana bir misoldir.
“Shubhasiz, xorijiy valyutadagi davlat qarzini toʻlash va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishdagi toʻsiqlar sunʼiy ravishda yaratilgan”, — deya xulosa qildi Moliya vazirligi.
Eslatib tamiz, Amerikaning CNN telekanali oʻtgan shanba kuni xalqaro reyting agentligi S&P Rossiyaning uzoq muddatli va qisqa muddatli xorijiy valyutadagi kredit reytinglarini "SD" (alohida yoʻnalishlar boʻyicha defolt) darajasiga tushirganiga eʼtibor qaratgan edi.
Ushbu voqea 4 aprel kuni xorijiy agent-bank "Rossiya-2022" va "Rossiya-2042" - suveren yevrobondlari boʻyicha toʻlovlarni valyutada amalga oshirishdan vaoz kechganidan soʻng sodir boʻldi. Shundan soʻng Rossiya Moliya vazirligi amalga oshirishi kerak boʻlgan toʻlovlarni rublda bajardi. Rossiyaning muzlatilgan bank raqamlari ochilganidan soʻng, investorlar ularni valyutaga aylantirishi mumkin boʻladi.
Moliya vaziri Anton Siluanovning soʻzlariga koʻra, Moskva yevrobondlari boʻyicha xorijiy investorlar oldidagi majburiyatlarini, kerak boʻlsa, sudlarda himoya qilishga tayyor. Moliya vazirligi rahbarining soʻzlariga koʻra, Gʻarb davlatlari 300 milliard dollarga yaqin zaxiralarni cheklab qoʻygan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya majburiyatlari boʻyicha defolt - faqat texnogen sababga koʻra boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0