https://sputniknews-uz.com/20220412/rossiya-va-ozbekiston-ortasidagi-parvozlarga-bolgan-talab-yana-ortishi-kutilmoqda-23925047.html
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi parvozlarga boʻlgan talab yana ortishi kutilmoqda
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi parvozlarga boʻlgan talab yana ortishi kutilmoqda
Butun dunyoda turistlar oqimi sezilarli darajada oshishi, yaʼni yiliga kamida 30% ga oʻsishi mumkin. 12.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-12T14:51+0500
2022-04-12T14:51+0500
2022-04-12T14:51+0500
turizm
rossiya
oʻzbekiston
aviaparvozlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1349/96/13499683_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f8726411119a8ca3210046e6fed7838e.jpg
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Oʻzbekistonning koʻplab mahalliy ayeroportlaridan xalqaro aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, ammo bugungi vaziyatdan kelib chiqib, Toshkentdan boshqa shaharlarda ham bir qator yoʻnalishlarda xalqaro parvozlar sonini koʻpaytirish lozim. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda. Taʼkidlanishicha, butun dunyoda COVID-19 global pandemiyasidan chiqish tendentsiyalari holatiga koʻra, yaqin kelajakda turistlar oqimi sezilarli darajada oshishi, yaʼni yiliga kamida 30% ga oʻsishi kutilmoqda.Bu esa qoʻshimcha xalqaro havo yoʻlovchi tashishlarini amalga oshirish, milliy aviakompaniya tizimida parvozlar geografiyasini kengaytirish, xorijiy aviakompaniyalarni, ayniqsa, arzon yuk tashish yoʻnalishlarini jalb etishni taqozo etadi.Butunjahon turizm tashkilotining "Ipak yoʻli ofisi" maslahatchisining soʻzlariga koʻra, ayniqsa, Oʻzbekistonda bu holat bir qator yoʻnalishlarda koʻproq koʻzga tashlanishi mumkin.Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Irkutsk, Novosibirsk, Ufa, Krasnoyarsk, Tyumen, Yekaterinburg, Samara, Qozon, Mineralne Vodi, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Sochi, Voronej, Vladivostok va boshqa bir qator Rossiya shaharlari bilan muntazam aviqatnovlar yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, parvozlarga boʻlgan talablar yana ortishi kutilmoqda.Bundan tashqari, Orenburg, Volgograd, Xabarovsk, Kemerovo, Nijnevartovsk, Murmansk, Nijniy Novgorod, Surgut, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Omsk, Barnaul shaharlaridan keluvchi sayyohlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish ustida ishlash lozim.Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Jahon sayyohlik tashkiloti vakolatxonasi maslahatchisi Shuhrat Isoqulov Sputnik muxbiriga mamlakat Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonini ham oshirish rejalashtirayotganini maʼlum qilgan edi.Uning soʻzlariga koʻra, 2019 yilda Oʻzbekistonga Rossiyadan 480 ming rossiyalik sayyoh kelgan. Bu koʻrsatkich yanada oshirish va 1,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan.Ayni damda Oʻzbekistonda turizm sektori rossiyalik sayyohlarning ehtiyojlariga moslashishga harakat qilmoqda, ularning asosiy afzalligi all-inclusive shaklidir.Mavzuga oid:
rossiya
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1349/96/13499683_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0f5592f5987266f7c9a0450fbb42f31b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, oʻzbekiston, aviaparvozlar
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi parvozlarga boʻlgan talab yana ortishi kutilmoqda
Butun dunyoda turistlar oqimi sezilarli darajada oshishi, yaʼni yiliga kamida 30% ga oʻsishi mumkin.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Oʻzbekistonning koʻplab mahalliy ayeroportlaridan xalqaro aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, ammo bugungi vaziyatdan kelib chiqib, Toshkentdan boshqa shaharlarda ham bir qator yoʻnalishlarda xalqaro parvozlar sonini koʻpaytirish lozim. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi
xabar bermoqda. Taʼkidlanishicha, butun dunyoda COVID-19 global pandemiyasidan chiqish tendentsiyalari holatiga koʻra, yaqin kelajakda turistlar oqimi sezilarli darajada oshishi, yaʼni yiliga kamida 30% ga oʻsishi kutilmoqda.
Bu esa qoʻshimcha xalqaro havo yoʻlovchi tashishlarini amalga oshirish, milliy aviakompaniya tizimida parvozlar geografiyasini kengaytirish, xorijiy aviakompaniyalarni, ayniqsa, arzon yuk tashish yoʻnalishlarini jalb etishni taqozo etadi.
Butunjahon turizm tashkilotining "Ipak yoʻli ofisi" maslahatchisining soʻzlariga koʻra, ayniqsa, Oʻzbekistonda bu holat bir qator yoʻnalishlarda koʻproq koʻzga tashlanishi mumkin.
Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Irkutsk, Novosibirsk, Ufa, Krasnoyarsk, Tyumen, Yekaterinburg, Samara, Qozon, Mineralne Vodi, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Sochi, Voronej, Vladivostok va boshqa bir qator Rossiya shaharlari bilan muntazam aviqatnovlar yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, parvozlarga boʻlgan talablar yana ortishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Orenburg, Volgograd, Xabarovsk, Kemerovo, Nijnevartovsk, Murmansk, Nijniy Novgorod, Surgut, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Omsk, Barnaul shaharlaridan keluvchi sayyohlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish ustida ishlash lozim.
Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Jahon sayyohlik tashkiloti vakolatxonasi maslahatchisi Shuhrat Isoqulov Sputnik muxbiriga mamlakat Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonini ham oshirish rejalashtirayotganini
maʼlum qilgan edi.Uning soʻzlariga koʻra, 2019 yilda Oʻzbekistonga Rossiyadan 480 ming rossiyalik sayyoh kelgan. Bu koʻrsatkich yanada oshirish va 1,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Ayni damda Oʻzbekistonda turizm sektori rossiyalik sayyohlarning ehtiyojlariga moslashishga harakat qilmoqda, ularning asosiy afzalligi all-inclusive shaklidir.
Mavzuga oid: