Rossiyada oliy ma’lumotli migrantlar ko‘paydi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane proxodat elektronnoe testirovanie na znanie russkogo yazika
Inostrannie grajdane proxodat elektronnoe testirovanie na znanie russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning yanvar va fevral oylarida yuqori malakali xorijlik mutaxassislarga 6 mingtadan ziyod ishlash uchun ruxsatnoma berilgan.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiyada 2022-yil boshidan buyon yuqori malakali mutaxassislarga berishgan ishlash uchun ruxsatnomalar soni ko‘paydi. Bu haqda Rossiya IIV ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar va fevral oylarida yuqori malakali xorijlik mutaxassislarga 6 mingtadan ziyod ishlash uchun ruxsatnoma berilgan. O‘tgan yilning mos davriga qaraganda bir yarim baravarga ko‘p.
Bundan tashqari, yuqori malakali mutaxassislarga 775 ta ruxsatnoma berish ma’qullangan.
Rossiya IIV yil boshidan buyon migrantlar 12,7 mingta ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirganini aniqlik kiritgan. Bu ham o‘tgan yilgi ko‘rsatgichlarga qaraganda ko‘p. Shuningdek, migrantlar rasmiylashtirgan patent sonlari oshgan.
Yangiliklar lentasi
0