Rossiyada YouTube᾽ni o‘n yilga taqiqlash taklif qilindi

© Sputnik / Ramil SitdikovVideoxosting YouTube
Videoxosting YouTube - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi deputati YouTube videoxostingini kamida 10-yilga qonunan taqiqlash taklifini bildirmoqda.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiyada YouTube videoxostingini kamida 10-yilga qonunan taqiqlash lozim. Rossiya Davlat dumasining Qrim hududidan bo‘lgan deputati Aleksey Chernyak shunday taklif bilan chiqdi.
“Men Davlat dumasi rahbariyatiga YouTube ishini mamlakatimiz hududida qonunan kamida 10-yilga taqiqlash masalani ko‘rib chiqishni taklif qilmoqchiman. Agar ular bir-ikkki yildan keyin qaytishni xohlab qolishsa, buning iloji bo‘lmaydi, ularning o‘rnini esa tezda o‘zimizning mahalliy xizmatlarimiz egallashadi”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.
Deputat YouTube᾽da Davlat dumasi ishi haqida ma’lumot berib boruvchi "Duma TV" kanali bloklanganini qoraladi. Chernyak buni senzura va huquq va erkinlik buzilishi hamda axborotni yoritishda monopoliya o‘rnatishga bo‘lgan urinish deb atadi.
“YouTube᾽ning okean ortidagi egalariga haqiqat kerak emas. Xizmatning o‘zi Rossiya hududida qonundan tashqarida bo‘lishi uchun barcha sharoitlarni yaratdi”, - deb hisoblaydi deputat.
U "Dumi TV" xodimlari Rossiya maydonlarida ishlashni davom ettirishlari, YouTube esa qat’iy javob choralariga giriftor bo‘lish xavfi ostida ekanini ta’kidladi.
Google᾽ga tegishli YouTube videoxostingi "Duma TV" kanalini 9-aprel kuni blokladi. Kanalda 145 mingdan ziyod obunachilar bor edi. Kompaniya bu qarorni sanksiyalar va savdo qoidalari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilish bilan izohlagan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Mariya Zaxarova bunga munosabat bildirib, YouTube o‘ziga o‘zi hukm imzolaganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, YouTube fevral oyi oxiridan buyon Yevropa va boshqa davlatlarda Russia Today, Sputnikning va boshqa qator Rossiya ommaviy axborot vositalari kanallarini bloklab kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0