Jamiyat

XTV oʻqituvchilarga maxsus ustamalar toʻlashni nazoratga oldi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishUchitelnitsa sredney shkolы. Arxivnoye foto
Uchitelnitsa sredney shkolы. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Boshqa hududlardan jalb etilgan pedogoglarga 50 va 100 foizli maxsus ustamalar toʻlab beriladi
TOSHKENT, 12 aprel — Sputnik. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarning maxsus ustamalarini toʻliq toʻlab berish boʻyicha topshiriq berildi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, hozirgi kunda ayrim joylarda oʻqituvchi-pedagoglarga belgilangan ustamalarni tayinlanishi turlicha talqin qilinib, ularni byudjetga qaytarish taʼkidlanmoqda. Bu esa oʻz navbatida pedogoglarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
“Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida hududiy xalq taʼlimi va moliya organlariga Xalq taʼlimi va Moliya vazirliklarining koʻrsatmasi bilan tegishli topshiriqlar berilib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish soʻraldi”, deyiladi xabarda.
Hududiy xalq taʼlimi va moliya organlaridan quyidagilarni nazoratga olish soʻralgan:
2020-2021 va 2021-2022 oʻquv yili uchun oʻqituvchi-pedogoglarning amalda belgilangan maxsus usamalari toʻlab berilishini nazoratga olish;
2022-2023 oʻquv yilidan maktablarga oʻqituvchilarni jalb qilishni Vazirlar Mahkamasining 646-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq amalga oshirish;
Pedogog xodimlarga belgilangan maxsus ustamalar boʻyicha muammoli holatlar yuzaga kelganda hal etish yuzasidan hamkorlikda tezkor choralar koʻrish.
Aytilishicha, prezidentning PQ-4940 sonli qaroriga muvofiq, oʻtgan yildan boshlab boshqa hududlardan jalb etilgan pedogoglarning bazaviy tarif stavkalariga bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida 50 foiz hamda boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan jalb etilganda 100 foiz maxsus ustamalar toʻlab kelinmoqda.
Endilikda maktablarda dars berish uchun murojaat qilgan va saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxati 10 avgustga qadar eʼlon qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0