Kolumnistlar

Donbass uchun hal qiluvchi jang

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishRossiyskiye voyennoslujaщiye v kolonne voyennoy texniki u granitsы s Ukrainoy.
Rossiyskiye voyennoslujaщiye v kolonne voyennoy texniki u granitsы s Ukrainoy. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Donbass uchun jang boshqacha surʼatda oʻtadi. Rossiya havo-harbiy kuchlari, aniq nishonga oluvchi raketalar hamda termobarik oʻq-dorilardan ommaviy ravishda qoʻllaydi.
Rossiya qoʻshinlari guruhining Donbassdagi keng koʻlamli jangdan koʻzlangan maqsad - Ukraina Qurolli Kuchlarining eng jangovar tuzilmalari va boʻlinmalarini hamda Kiyev rejimining virtual "gʻalabalarini" yoʻq qilish, demilitarizatsiya va denatsifikatsiyaning navbatdagi bosqichlarini belgilab olish va Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning yakuniy muddatlarini aniqlashdan iborat.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 aprel kuni Ukrainadagi maxsus operatsiya “toʻgʻri qaror boʻlganini, muammoning boshqa yechim qolmaganini va beligangan maqsadlar amalga oshirilishini” yana bir bor taʼkidlab oʻtdi. Prezident aytishiga koʻra “Ukrainani Rossiyaga qarshi platsdarmga aylantirishni boshlashgan. U yerda avvaldan boʻlgan millatchilik va neonatsizm urugʻlarini oʻstirish boshlangan edi”.
“Moskva bilan toʻqnashuv muqarrar edi. Rossiyaning maqsadi iloji boricha yoʻqotishlarga yoʻl qoʻymasdan koʻzlagan maqsadlariga erishish. Shu sababli mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtab tomonidan ishlab chiqilgan reja boʻyicha bir maromda, xotirjamlik bilan harakat qiladi”, - dedi Putin.
Bir kun avval DXR Xalq militsiyasining rasmiy vakili Eduard Basurin Ukraina Qurolli Kuchlarining 100 ming “nayzadan” iborat eng jangovar guruhi Donbassni qamal qilish uchun tayyorgarlik koʻrayotganini maʼlum qilgan edi. Operatsiyada qatnashayotgan rossiyalik harbiylarning soni maʼlum emas.
Harbiy strategiya qonunlariga koʻra, hujum qilayotgan tomon askarlar soni va qurol-aslaha jihatidan ustunlikka ega boʻlishi kerak. Front kengligi taxminan 200 km (Gulyay-Polyadan Slavyanskka qadar) va taxminan shuncha masofa mamlkat ichkarisida. Har ikkala tomondan kamida 250 ming askar va minglab harbiy texnika ishtirok etadi.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari faqat harbiy infratuzilma va Ukraina harbiylariga zarba beradi. Jang davomiyligini ukrainalik harbiylarning AQSH manfaatlari va “natsizm” ideallari uchun qanchalik oʻlimga tayyorligiga bogʻliq boʻladi. koʻp jihatdan jang vaqtini belgilab beradi. 11 aprel kuni sodir boʻlgan oddiy toʻqnashuvlarda Ukraina Qurolli Kuchalarining yoʻqotishlari 1186 kishini tashqil etdi, 12 aprel kuni yana yaralangan, asirga olingan va halok boʻlgan jangchilar soni 1144 nafarni tashkil qildi.

Donbass uchun jang boshqacha surʼatda oʻtadi. Rossiya havo-harbiy kuchlari, aniq nishonga oluvchi raketalar hamda termobarik oʻq-dorilardan ommaviy ravishda qoʻllaydi.

Ukraina hatto Donbassda egallab olgan hududlari chegaralarni himoya qila olsa ham bu katta muvaffaqiyat boʻladi. Rossiya esa gʻalaba qozonishi uchun oldinga yurishi kerak. Shu sababli Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK)ning qatlamli mudofaasi, betonlangan va mustahkamlangan hududlarining vayron boʻlishi aniq. Milliy batalonlarning “kimyoviy” nayranglari va Kiyev rejimining amerikalik xoʻjayinlarga murojaatlari rus armiyasini toʻxtata olmaydi. UQK ning “umumiy safarbarlik” toʻlqining ishchi kuchi, texnikasi va Gʻarb davlatlarining (AQSH va NATO) harbiy yordamidagi sezilarli yoʻqotishlarining oʻrnini qoplay olmaydi.
Muzokaralar va zaxiralar boʻlmaydi.
Rossiya Ukrainani Yer yuzidan yoʻq qilishni maqsad qilmagan. Donbass jangi arafasida “Kinjal” gipertovushli raketa tizimi yordamida Chavsov Yar punkti yaqinidagi UQK qoʻshinlari guruhining yer ostida joylashgan, yaxshi himoyalangan qoʻmondonlik punktini yoʻq qildi.
Avvalroq Rossiyaning Qurolli kuchlari bir necha havo hujumi bilan Ukraina qurolli kuchlari uchun Donbassga yetib kelgan yordam zaxiralarini yoʻq qilgan edi. Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy infratuzilma, zirhli transport vositalari, oʻq-dori omborlarini birma-bir “yakson qilib” kelmoqda va UQK ning ishchi kuchi va texnika zaxiralari toʻplagan joylarni “qoplamoqda”.
Askarlar soni cheklangan boʻlsa-da Rossiya qoʻshinlari faol manyovrlar oʻtkazib, mustahkamlangan tuman va shaharlarda Ukraina boʻlinmalarini harakatini muvaffaqiyatli toʻsib qoʻymoqda. Rossiya Havo-kosmik Kuchlari havoda hukmronligini saqlab qolgan va yerdagi har qanday harbiy inshootlar va istehkomlarni zararsizlantirish mumkin. Piyoda askarlarni pulemyotlarga qarshi hujumga koʻtarishga ehtiyoj yoʻq.
Shahardagi maydonlarga emas, armiyasining boshqaruv markazi va taʼminot tizimlariga berilayotgan yuqori aniqlikdagi zarbalar - Rossiya qoʻshinlarining maxsus operatsiya davomida amal qiladigan taktik ustuvorligidir. Donbassdagi bunday zarbalarning ehtimoliy kuchayishi dushmanga (aholi punktlaridan tashqarida) juda kuchli termobarik raketalar va hajmli portlovchi bombalardan foydalanishni ististo etmaydi. Yaqin kunlar va haftalarda toʻqnashuvlar kuchayadi.
“Aytish joizki, 24 fevralga qadar Ukraina armiyasi 250 mingdan ortiq harbiy xizmatchiga ega edi va keyinchalik ommaviy safarbarlik va koʻngillilarning faolligi tufayli oʻz saflarini koʻpaytirdi”
Kiyev rejimi UQK sonini 500-600 ming kishi darajasiga yetkazishni qonunchilik bilan belgilashni muhokama qilmoqda. Bu shuni anglatadiki, rus qoʻshinlari miqdor boʻyicha ikki baravar ustunlikka ega dushmandan ustunlik qilmoqda. Dastlabki natijalar hayratlanarli- maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri 12 aprel tongiga qadar Ukraina Qurolli Kuchlarining 130 ta samolet, 99 ta vertolet, 443 ta uchuvchisiz apparat, 2139ta tank va boshqa zirhli mashinalar, 1158 ta artilleriya toʻplari, 244ta zenit raketa tizimlari, zenit-raketa tizimlari yoʻq qilingan.
Janglarning birinchi oyida Ukrainaning 14 000 dan ortiq harbiy xizmatchilari qurbon boʻldi.
Rossiyaning yaqin yillarda snaryad va raketalari yaqin kelajakda tugamasligiga Gʻarbda hech kimda shubha qolmadi. UQKning Mariupoldagi 20 000 kishilik qoʻshini bir oy ichida qurshab olingan va yoʻq qilingan boʻlsa, Donbass qozonidagi 100 000 kishilik Ukraina armiyasi ham xuddi tarzda yoʻq boʻlib ketishi mumkin (oʻq-dorilar va yoqilgʻi tugaydi). Pentagon Ukraina Bosh shtabiga qoʻshinlarni sharqdan “ikkinchi mudofaa redutiga” koʻchirishni qatʼiy tavsiya qilmoqda. Oʻshanda Poltava, Dnepropetrovsk, Zaporojye kabi yirik shaharlardan qalʼa sifatida foydalanish mumkin boʻladi.
Ukrainaning tinch aholisidan “tirik qalqon” sifatida foydalanishni - amerikaliklar uchun UQK jangovor mustahkamligining asosi deb hisoblaydi. Ular Yaqin Sharq terrorchilarining ushbu taktikasini qoʻllashni sakkiz yil davomida oʻrganishgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻziga ishonch bilan Donbassda “keng koʻlamli harbiy amaliyotlarga tayyorligini maʼlum qildi. Akter va uning amerikalik xoʻjayinlari soʻnggi ukrainalikka qadar kurashishga tayyor.
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralar “pauza”ga qoʻyildi, chunki Kiyev “katta gʻalabalar” bilan muzokaralardagi pozitsiyasini “mustahkamlash” niyatida. Maʼlumki, ukrainalik uddaburonlar avvalroq Togʻli Qorabogʻ va Suriyada olingan kadrlardan osongina foydalanishmoqda.
Biroq, Donbass jang natijalarini soxtalashtirish uchun juda kattalik qiladi. Moskva tinchlik shartnomasini oʻz shartlarida imzolashini bir necha bor taʼkidlab oʻtdi, yaʼni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikasiyaga qilish, Donetsk va Lugansk Xalq respublikalarining tan olinishi va boshqa bir qator fundamental shartlar asosida. Kiyev rejimi reallikka qanchalik tez qaytsa, Amerika manfaatlari va “Ukraina hamma narsadan ustun” fashistik gʻoyasi uchun shunchalik kam ukrain jang maydonida halok boʻladi.
Rossiya va ruslarni yoʻq qilish - davlat dasturi, Kiyev rejimining buguni va kelajagi, shuning uchun Moskva oxirigacha boradi. Mohiyatan terrorchi tuzum boʻlgan bugungi “ukrainchilik” barbod boʻlishga mahkum.
Boshqa tomondan esa, 10 aprel kuni Rossiya raketa zarbasi selitra (oʻq-dorilar) ombori bilan birga ulkan Nikolayev portining yarmini “yoʻq qilganida" UQK front chizigʻidagi koʻplab askarlarining natsist lozunglari va Rossiya uchun muammo yaratishni istagan gʻarblik “yoʻlboshchi”larning qudratiga ishonchi qolmadi. Voqea qanday yakun topmasin, buning badalini ukrainaliklarning oʻzi toʻlaydi. Bu denatsifikatsiyaning boshlanishi xolos.
Yangiliklar lentasi
0