Kolumnistlar

“Hatto xorijliklarni ham asirga olishmoqda”: Mariupolda nimalar boʻlmoqda?

© Sputnik / Ilya Pitalev  / Fotobankka oʻtishJiteli Mariupolya gotovyat yedu vo dvore razrushennogo doma
Jiteli Mariupolya gotovyat yedu vo dvore razrushennogo doma  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
DXR kuchlari port va uning atrofida boʻlgan har bir kishini sinchiklab tekshirmoqda, axir magʻlubiyatga uchragan millatchilar port ishchilari yoki boshqa shahar korxonalari xodimi degan soxta guvohnomalari bor.
Mariupol, 13 apr – RIA Novosti, Viktor Zvantsev. DXR qoʻshinlari Azov batalonining omon qolgan boʻlinmalari yashiringan Mariupol portini toʻsib qoʻydi. Dushman irrilashda davom etmoqda, lekin buni yaxshi uddalay olmayapti - oʻq-dorilar tugay deb qolgan.
Millatchilar liderlari havo orqali qochishga harakat qilishmoqda, ularning qoʻl ostidagilar esa yerdan yorib oʻtishga urinmoqda. Dengiz bandargohiga qanday hujum qilingani va bu haqida xodimlarning fikri haqida - batafsil RIA Novosti reportajida.
Oʻq-dorili vertolet
Vayron boʻlgan doklar, yonib ketgan yuk kemasi, qiynalgan yuk koʻtaruvchilar, asfalt ustidagi yopishgan mina dumlari - bir kun oldin respublika kuchlari nazorati ostida boʻlgan Mariupol portining bir qismi shunday koʻrinishga ega. Bir necha yuz metr naridagi uzun beton toʻsiqlar ortida Ukraina pozitsiyalari joylashgan.
Kemani bogʻlovchi arqonlar, artilleriya korrektirovkachi va tankistlar uchun boshpana boʻlib xizmat qilmoqda. T-72 beton blok ortidan haydab, minorasi aylantiradi, uchta oʻq uzdi va yana yashirinadi. Bunga javoban minalar uchib keldi, lekin nishondan bir necha oʻn metr uzoqqa tushdi.
“Garchi vaziyatni toʻliq nazorat qilayotgan boʻlsak-da, dushman hamon kuchli", - deydi DXR alohida operativ brigadasi oʻqotar harbiysi Shram (iltimosiga binoan chaqiruv belgisi oʻzgartirildi). “Bir necha soat oldin, masalan, bizning tankimizga zarba berishdi. Ekipaj halok boʻldi, mashina yonib ketdi. Biz fashistlarning oʻq-dorilari qachon tugashini sabrsizlik bilan kutyapmiz”.
Jangchilarning soʻzlariga koʻra, "Azov" hozir juda qurolni tejab kurashmoqda - bir yarim oy ichida ularning zaxiralari tugagan. Ozod qilingan hududda koʻplab yashirinish uchun joylar bor. Ular bu yerdagi janglarga uzoq va puxta tayyorgarlik koʻrgan.
“Biz qurol-yarogʻ yetkazib berishning barcha yoʻllarini - quruqlikda, suvda va havoda toʻsib qoʻydik, Soʻnggi bor bunga bir hafta oldin harakat qilib koʻrishgandi. Batalon rahbariyati bilan Zaporojyedan kelgan vertoletni urib tushirdik. Asirga tushgan ekipaj evakuatsiyadan oldin patronlar, granatalar va minalar boʻlgan qutilarni uloqtirishga ulgurishganini aytdi”, - deydi Shram.

Vaziyat qurboni

Portga hujum harbiy operatsiyaning birinchi kunidan boshlangan. Mariupol kompaniyalaridan birining montaj ustasi Maksim Agapov oʻsha tongni juda yaxshi eslaydi. “Aynan mening navbatchiligim edi, - deydi u. “Rossiya prezidenti murojaat qilishi bilanoq, ular dengiz bazasidan unchalik uzoq boʻlmagan oltinchi portdagi harbiy kemaga zarba berishdi. Men va sherigim uchinchi oʻrinda edik”.
Maksim Gorlovkadan kelgan, vaxta metodi boʻyicha ishlagan. Hamkasblari bilan shaharning tarixiy qismida, bir asr oldin Mariupol bosh arxitektori Viktor Nilsen yashagan mashhur “Yigʻlayotgan nimflar uyi” yonidagi kichik xususiy uyni ijaraga olgan.
“Azovchilar yoʻlning narigi tomonida turardi, - deb eslaydi Agapov. “Ular tinch aholiga gumanitar koridorlar orqali chiqib ketish imkoni borligini aytishmagan, aksincha, hech kimni chiqarmadi. Ayrim oilalar chiqib ketishga harakat qilishdi, biroq millatchilar orqasidan oʻq uzdi. Men qurolsiz odamlarning qanday oʻldirilganini shaxsan oʻzim koʻrganman. Bir yigitning boshini yarmini oʻq bilan uchirib yuborishdi”.
Maydalangan jasad bir necha kun Agapovning uyi yonidagi panjara ostida qolib ketdi. Otishma va tinimsiz janglar tufayli olib koʻmishning ijoyi boʻlmadi.
Qoʻshni hovlida bundanda shokka soladigan koʻrinish – millatchilar yashiringan binodan otilgan mina zarbidan pensioner ayolning kuyib ketgan jasadi yotardi.
“Biz tomonga ham bitta mina uchib keldi - deb shiftga ishora qildi Maksim – shiftni yorib oʻtib, pechka va rakovina orasiga tiqilib qoldi. Baxtimizga portlamadi. Oshxonani qulflab qoʻydik, saperlarni kutyapmiz. Bugun ertalab esa qoʻshni besh qavatli uydan bizga snayperlar oʻq otishdi. Rossiya harbiylari ularni yoʻq qilishdi. Tozalash tugamagunicha, bizga yertoʻlada yashirinib turishimizni aytishdi”.
Maksim millatchilarning port tomonga qochayotib, oddiy odam kiyimini kiyib olishgani va qochqinlar orasida yashirinishga harakat qilishganini koʻrgan.
Uning oʻzi evakuatsiyani kutib, qoʻshni qariyalarga yordam berishga harakat qilyapti: nasos bilan suv olib beradi, un qoldiklaridan oladi pishirib beradi, pechkasini yoqib beradi. “Faqat bir narsani – uyimga, ota-nam, xotinimning oldiga qaytishni xohlayman. Koʻrganlarimdan keyin oʻzimga kela olmasam kerak. Bu haqiqiy jahannam boʻldi”, - deydi u.

Musiqachi va aktyorlar

Millatchilar bir vaqtning oʻzida bir necha yoʻnalishdan: gʻarbiy, shimoli-gʻarbiy va shimoldan dengiz portiga surilgan. Koʻcha janglarida professional askarlar ham, fevral oyi oʻrtalarida safarbar qilinganlar ham qatnashgan.
Ular orasida Donetsk opera va balet teatri artistlari, shuningdek, Mangush qishlogʻidan kelayotgan mahalliy filarmoniya musiqachilari ham bor.
“Ajoyib odamlar, - deydi Nikolaich chaqiriq belgili DXR 5-brigadasining batalon komandiri. - Ulardan biri yonimga kelib: “Menda sigaret bor, ularni bir banka tushenkaga almashtirmoqchiman. Men: “Sigaretangiz kerakmas, mana tushenka, olavering dedim. U esa tinmay: “Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas, men qatʼiy turib olaman, sigaretani oling”, deb turib oldi. Aynan shu paytda siz haqiqiy ziyoli bilan gaplashayotganingizni anglaysiz.
Teatr va filarmoniya xodimlari hozir port yaqinidagi xususiy sektorni nazorat qilyapti, u yerda vaziyat hamon notinch. Ertalab ular tozalashga boradi, kechqurun olov yonida kechki ovqatga yigʻilishadi va oʻrtoqlarini xotirlashadi - yaqinda yana bir toʻqnashuvda ularning hamkasbi vafot etdi.
“Butun umr jang qilgan mendek odamni bu yigitlar hayratga soladi, - dedi Nikolaich- Ular har kuni dushman oʻqi yoki mina parchasidan zarba olishlari mumkinligini bilishadi, oʻliklar va yaradorlarni koʻrishadi, lekin baribir oʻz ishlarini bajarishadi”.
Komandir ularni himoya qilishga harakat qiladi. Agar imkon boʻlsa, ularni orqada qoldiradi. Biroq, urush oʻz nomi bilan urush, qurbonlar boʻlishi muqarrar. “Portni oxirigacha tozalab olgan paytdayoq, yigitlarni Donetskka qaytarib yuboramiz”- deb vaʼda beradi Nikolaich.

Odessalik kapitan

Harbiylarning soʻzlariga koʻra, portda Azovchilarning turli xil tuzilmalari oʻrnashib olgan. Ular bu yerda hatto tinch aholi orqasiga yashirinishda davom etmoqdalar, nafaqat mahalliy aholi orasiga.
“Xov anavi kemadan 25 ta odamni ozod qildik- deb kemani koʻrsatadi Shram - Kema kapitani odessalik, qolganlari – yevropalik va amerikaliklar. Ularga chiqishga yoʻl qoʻyishmadi, ularni himoya qalqoni qilib olishgandi. Ularning chindan ham dengizchi ekanliklarini bilish uchun filtratsiyaga joʻnatishdi”.
MGB port va uning atrofida boʻlgan har bir kishini tekshiradi. Axir magʻlubiyatga uchragan millatchilar ayyorlik qilishga harakat qilishlari aniq. Koʻpgina Azovchilarning port ishchilari yoki boshqa shahar korxonalarining xodimi degan soxta guvohnomalari bor.
DXR armiyasi qoʻmondonligiga koʻra, Mariupol deyarli butunlay tozalangan, biroq ayrim hududlarda, asosan sanoat zonasida uch-toʻrt ming ukrainalik askarlar yashiringan. Ularni taslim qilishga majburlash uchun qancha vaqt va kuch kerak, zobitlar hali oldindan hech narsani demadi.
Yangiliklar lentasi
0