Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Mariupolda mingdan ziyod Ukraina harbiylari taslim bo‘ldi – video

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishDobrovolno sdavshiyesya v plen voyennoslujashie ukrainskoy armii v Luganske.
Dobrovolno sdavshiyesya v plen voyennoslujashie ukrainskoy armii v Luganske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasi harbiylari qurollarini topshirishgan. Ular orasida 162 nafar zobit hamda 47 nafar ayol harbiylar bor.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Mariupol shahrida 1026 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda qurollarini topshirib, asirga tushishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasi harbiylari qurollarini topshirishgan. Ular orasida 162 nafar zobit hamda 47 nafar ayol harbiylar bor.
Ukraina dengiz piyodalari 36-brigadasining 151 nafar yaraganlar harbiylariga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng ular Mariupol shahar kasalxonasiga davolash uchun olib ketilgan.
Avvalroq Donesk xalq respublikasi hududiy mudofaa shtabi Mariupolda mingdan ziyod ukrainalik harbiylar qurollarini topshirishganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0