Jamiyat

Old oʻrindiqdagi yoʻlovchilar xavfsizlik kamarini taqishi shart boʻladi

© pixabay.com/cfarnsworthRemni bezopasnosti
Remni bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda avtomobilning old oʻrindigʻidagi yoʻlovchi xavfsizlik kamarini taqishi majburiy boʻladi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda old oʻrindiqda oʻtirgan yoʻlovchilar ham xavfsizlik kamarini taqishi shart boʻladi. Bu yangilangan va 1 maydan kuchga kiradigan Yoʻl harakati qoidalarida (YHQ) belgilab qoʻyilgan.
Yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 9-bandida belgilanishicha, konstruktsiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.
2015 yilda qabul qilingan amaldagi YHQda esa harakatlanish vaqtida haydovchi xavfsizlik kamarini taqqan boʻlishi kerakligi belgilangan.
Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat etiladi:
avtomobilning orqa oʻrindigʻidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;
oʻquv-mashq transport vositasini oʻquvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni oʻrgatuvchi amaliy mashgʻulotlar instruktori;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (tibbiy maʼlumotnoma mavjud boʻlganda);
xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yoʻlovchilari.
Avtomobilni ortga haydayotgan haydovchilar va yoʻnalishli taksi haydovchilari endilikda xavfsizlik kamarini taqishlari shart boʻladi.
Ichki ishlar vazirligiga 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maxsus bolalar oʻrindigʻida, 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holdan tashish, transport vositasining orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishlari inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0