Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Buchadagi voqealarni feyk deb atadi

© REUTERS / Zohra BensemraUkrainskiye voyennыe na BTR v ukrainskom gorode Bucha
Ukrainskiye voyennыe na BTR v ukrainskom gorode Bucha - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya rahbari bunga oʻxshash feyk xabarlar ilgari Suriyada ham boʻlganini eslatdi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir PutinUkrainaning Bucha shahridagi hodisalarni feyk deb atadi.
Rossiya yetakchisi Suriyada mamlakat prezidenti Bashar Asadga nisbatan ayblovlar yangraganini eslatdi. Gʻarb oʻshanda Asadni kimyoviy qurolni qoʻllashda ayblagandi.
“Keyin bu feyk ekani maʼlum boʻldi. Buchadagi feyk kabi”, - dedi Putin Amur viloyatidagi matbuot anjumanida. Uning soʻzlaridan RT iqtibos keltirgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, oʻz navbatida, Buchadagi igʻvo ortida Britaniya turganini aytdi.
Shuningdek, Belarus rahbari Minsk Buchadagi operatsiya tayyorlanishini surishtiri uchun materiallarni taqdim etishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan goʻyoki Buchada Rossiya qoʻshinlari “jinoyatlarini” tasdiqlovchi materiallarni navbatdagi igʻvo deb atagan edi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar oʻlimiga bogʻliq har qanday ayblovlarni qatʼiyan rad etishini maʼlum qilgan edi. Chunki Mudofaa vazirligi mutaxassisllari unda videomontaj hamda u yoki bu turdagi soxtalik belgilarini aniqlagan va maʼlumotlar jiddiy shubha ostiga olinishi kerak.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Ukrainaning Bucha shahri atrofidagi gap-soʻzlarni navbatdagi feyk hujum deb atagan. Rossiya TIV rahbari bu sahna koʻrinishi Rossiya qoʻshinlari shaharni tark etishgandan keyin bir necha kun oʻtib uyushtirilganini taʼkidlagan. Endi bu yolgʻon xabarni Ukraina vakillari va ularning gʻarblik homiylari barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishmoqda. Lavrov bu uyushtirilgan sahnadan Rossiyaga qarshi maqsadlarda foydalanishga urinishayotgani urgʻulagan.

Mavzuga oid:

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev hozirlayotgan “oʻliklar” haqidagi yangi feyklardan ogohlantirdi
Bucha: Rossiyaga qarshi eng tuban igʻvo
Rossiya Mudofaa vazirligi: Buchadagi kadrlar Kiyevning Gʻarb OAVlari uchun uyushtirgan sahnasi
Yangiliklar lentasi
0