Putin: Rossiyaga qarshi sanksiyalar G‘arbda misli ko‘rilmagan inqiroz va inflyatsiyaga sabab bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari qator G‘arb mamlakatlarining hamkorlikdan voz kechishi millionlab yevropaliklarga zarba berganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Yevropalik va amerikalik siyosatchilarning Rossiyaga qarshi yangi cheklovlari G‘arbda misli ko‘rilmagan inqiroz yuzaga kelishiga olib keldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Arktikani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Qator G‘arb mamlakatlarining normal hamkorlikdan, jumladan, Rossiya energiya resurslarining bir qismidan voz kechishi millionlab yevropaliklarga zarba berdi, haqiqiy energetika inqirozini keltirib chiqardi, inqiroz AQShga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Har yerda narxlar oshmoqda, inflyatsiya haddan ziyod ortdi, bu mamlakatlar uchun bu misli ko‘rilmagan xususiyatga ega”, - dedi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Putin Rossiya ham buning ortidan muammolarga duch kelayotganini tan oldi, biroq u uchun “muqobil imkoniyatlar, imkoniyatlarning yangi yo‘llari” ochilmoqda.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat neft, gaz va ko‘mirning ichki iste’molini ko‘paytirishi, xom ashyoning chuqur qayta ishlanishini rag‘batlantirishi va energiya resurslarini dunyoning boshqa hududlariga yetkazib berishni oshirishi mumkin.

Mavzuga oid:

Germaniya Rossiya ustidan g‘alaba deb o‘z iqtisodiyotini xatarga tashlamoqda
Yevropa Ukraina inqirozi tufayli AQSh tuzog‘iga tushdi
Global Times: G‘arb sanksiyalar bilan Rossiya iqtisodiyotini sindira olmadi
Yangiliklar lentasi
0