Dunyoda

Qirgʻiz-tojik chegarasidagi yana otishma: nimalar roʻy berdi

© Sputnik / Igor Yegorov / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiy voorujennыx sil Kirgizii
Voyennoslujaщiy voorujennыx sil Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qirgʻiziston—Tojikiston chegarasida yana otishma sodir boʻldi. Tomonlar bir-birini ayblamoqda.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida ikki mamlakat chegarachilari oʻrtasida otishma roʻy berdi. Bu haqda Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 12 aprel kuni Botken oblasti Laylak rayonidagi Selkana maskanida tojikistonlik chegarachilari Qirgʻiziston chegarasini buzib oʻtgan. Ular qirgʻizistonlik chegarachilarining toʻxtash haqidagi talablariga boʻysunmasdan, Qirgʻiziston hududining ichkarisiga 20 metrgacha kirgan.
Qirgʻiziston tomoni ogohlantiruvchi oʻq uzishga majbur boʻlgan. Bunga javoban esa Tojikiston chegarachilari ularga qarata oʻt ochishgan.
Keyinchalik Qirgʻiziston tomoni yana takroriy otishma yuz bergani va u 30 daqiqa davom etganini maʼlum qilgan. Tojikiston tomoni Qirgʻizistonning Dostuk qishlogʻini minomyotlardan oʻqqa tutgan.
Dushanbe hodisa yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermagan.
Shu bilan birga, Sputnik Tojikiston nashrining Bobojon Gʻafurov tumani maʼmuriyatidagi manbasiga yozishicha, otishma soat 12 aprel kuni 18:20 da Qirgʻizistonning Kulundu qishlogʻi roʻparasida, Tojikistonning Xistevarz mahallasi hududida boshlangan.
"Kulundudagi chegara otryadi boshligʻining xizmat mashinasida tojik chegarachilariga oldiga kelib, va ogʻzaki tortishuv boshlangani mojaroga sabab boʻldi. Chegarachilar unga yaqinlashib, muzokara boshlaganlarida qirgʻiz harbiylari oʻt ochishdi", - degan manba.
Bunga javoban tojikistonlik chegarachilar ham oʻt ochishgan va bir qirgʻizistonlik harbiyni yarador qilishgan.
Qirgʻiziston MDXQ chegara xizmatiga koʻra, tomonlar tortib kelishgan qoʻshinlarni oʻz joylariga qaytarishga kelishib olishgan. Hozir chegaradagi vaziyat barqaror. Muzokaralar davom ettirilmoqda.
Qirgʻiziston SSV mojaro oqibatida mamlakatning ikki harbiysi jarohatlanganini xabar qildi. Sputnik Tojikiston oʻz manbalariga tayangan holda Tojikiston tomonidan uch kishi yarador boʻlganini yozmoqda.
Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasining uzunligi 970 kilometrni tashkil qiladi. Shundan 460 kilometr masofa yuzasidan ikki davlat oʻrtasida kelishuv mavjud emas, buning oqibatida chegarada turli nizolar sodir boʻladi, ikki mamlakat vakillari ham chegaradagi bir qator hududlar oʻzlariga tegishli ekanini daʼvo qilishi oqibatida aholi yoki chegarachilar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Yangiliklar lentasi
0