Rossiya

Rossiya milliy valyutalarda hisob-kitob tizimini yaratish borasida muzokaralar olib bormoqda

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы nominalom 2000 rubley
Denejnыe kupyurы nominalom 2000 rubley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Belousov: asosiy chet ellik hamkorlar bilan milliy valyutalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yaratishga oid muzokaralar olib borilmoqda.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya hamkorlari bilan milliy valyuta asosida hisob-kitob qilish tizimini yaratish xususida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rossiya bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Andrey Belousov maʼlum qildi.
“Asosiy chet ellik hamkorlar bilan milliy valyutalar asosida hisob-kitoblarning xavfsiz infratuzilmasini yaratishga oid muzokaralar olib borilmoqda”, - dedi Belousov. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida Rossiya rubli/soʻm valyuta juftligi boʻyicha bitimlar tuzilishi boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0